
Futbolni xar kim xar xil ko'rarkan.
Stadiondagi muxlislar o'zini qanday
tutishini xammamiz bilamiz, lekin o'sha
muxlislar televizor oldida o'zini qanday
tutadi. Birovlar o'tirib ko'rarkan, birovlar
o'tirib turib ko'rarkan. Birovlar televizorni oldiga
borib kelib turarkan,
birovlar xakamni "oborib-obkelib"
o'tirarkan. Birovlar tizzasini urib
ko'rarkan, birovlar yonidagini urib
ko'rarkan. Birovlar komment yozib
ko'rarkan, birovlar toshday qotib ko'rarkan.
Birovlar televizorni ovozini
o'chirib ko'rarkan, birovlar yonidagilarni
ovozini o'chirib ko'rarkan. Birovlar esnab
ko'rarkan, birovlar svetchilarni "eslab"
ko'rarkan. Birovlar jim o'tirib ko'rarkan,
birovlar tinmay gapirib ko'rarkan. Birovlar
futbolchilarga "aql" o'rgatib
ko'rarkan, birovlar murabbiylarga "yo'l
ko'rsatib" ko'rarkan. Birovlar chekib
ko'rarkan, birovlar pul tikib ko'rarkan.
Birovlar atrofida nimalar bo'layotganini
sezmay ko'rarkan, birovlar kim bilan kim
o'ynayotganini xam bilmay ko'rarkan.
Birovlar xotirjam ko'rarkan, birovlarni
futbol ko'rayotganini butun maxalla
bilarkan.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 78