
ekan,
Bu oy “Qur’on” nozil bo‘lgan oy
ekan,
Ro‘za tutgan zot iymonga boy
ekan
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh
Taborak.
Ro‘za bizga yordam qo‘lin
uzatmish,
Takabburlar axloqini
tuzatmish.
Rasululloh yig‘lab uni
kuzatmish
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh
Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin
Arazlashgan bir-birini kechirsin
Olloh olov kamzullarni
yechirsin
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh
Taborak.
Bo‘lsang uyda, xoh dalada,
adirda,
Uxlab yotma sen Laylatul-
qadrda.
Bu tun hatto ruhlar yotmas
qabrda
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh
Taborak.
Ro‘zamizni Olloh uchun
tutaylik,
Bu dunyodan Iymon bilan
ketaylik,
Mangu xuzur-xalovatga
yetaylik,
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za
muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh
Taborak


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5