
Mayli-yu,ammo.
Yuragimga bir so'z deb keting!
Ortingizdan zor yig'lamasin.
Qaytaman deb, ovutib keting!
Yolg'on bo'lsa xamki so'zingiz.
Dilga umidlar solib keting!
Menga
shartmas tillo zaringiz.
Sabringizni qoldirib keting!
Xaddan oshib ketmasin sog'inch.
Xayollarim to'zg'atib keting!
Meni
qiynab, ado qilmasin.
Xijronlarni
irg'itib keting!
Alvidolar demang!
Yo'q. Zinxor.
Xatto baxtlar tilamay
keting!
Nigoxlarim topmasin
ozor.
Ortingizga qaramay keting!
Ketmoqdasiz... Mayli-yu, ammo.
Yuragimga bir so'z deb keting!
Izingizdan yig'lashlarim bor.
Kulib-kulib, kuldirib keting!!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев