
Sevishingni sezaman
Ahdga sodiq vadam shu
To o'lguncha sevaman
Termulishib ko'zimiz
Tugab mayli so'zimiz
Ketsa bahor-kuzimiz
To o'lguncha sevaman
Ajin tushsa yuzingga
G'amlar kirsa ko'zinga
Jonim toshab izingga
To o'lguncha sevaman
Bu mening qanoatim
Bu mening sinaoatim
Ishq aro majnun otim
To o'lguncha sevaman
Tomirimda bir tomchi
Qon qolguncha sevaman
Malagim ahdim shu
To o'lguncha sevaman
Xudoyimga arzim bu
Tiriklikdan qarzim bu
Yigitlikdan farzim bu
To o'lguncha sevaman
Ishq aro bir paymonam
To to'lguncha sevman
Seni bu dunyodan qizg'onib
To o'lguncha sevaman!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев