kambag‘allikda
yashash qanday bo‘lishini
ko‘rsatmoqchi bo‘libdi.
Uni chekka bir qishloqqa olib
borib, u yerda bir
necha muddat birga
yashashibdi. Keyin uyga
qaytishgach, ota o‘g‘lidan
so‘rabdi:
–Xo‘sh o‘g‘lim,
kambag‘allikda yashash nima
ekanligini tushunasanmi?
–Ha ota!
–Bizning sayohatimiz senga
nimadir o‘rgatdimi?
–Juda ko‘p narsa o‘rgatdi...
–Masalan nima o‘rganding?
–Men ulardek yaxshi va boy
insonlarni hali
uchratmaganimni
tushundim!
–Boy!? – ota hayron bo‘libdi.
–Ha ota, boy. Qarang, bizning
uyimizda bitta it
yashaydi, ularnikida esa
to‘rtta. Bizning
dalahovlimizda basseyn bor,
ularda esa keng
dengiz. Bizda kichik bog‘,
ularda esa cheksiz
o‘rmon. Bizda tunni fonarlar
yoritadi, ularda esa
yulduzlar...
–Axir, bizning oilamizda
hamma narsa yetarli-ku!
– ota yana savol beribdi.
–Ko‘rinishidan shunday…
Bizga har doim nimadir
yetishmaydi, ular esa boriga
qanoat qilishadi. Biz
ular oldida
kambag‘alroqmiz..


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев