Singilchani xayoti
[Real Hikoya]
Man hali 18 yoshgayam to’lmagan
edim. Hech qayerda o’qimasdim
uyda o’tirardim maqtanish emasu
chiroyli, odobli qiz bo’lganim uchun
uyimizga sovchilar yog’ilib kelardi.
Birinchi iyul kuni dugonamni to’yiga
bordim. Sochlarim nihoyatda uzun
edi. Hamma uzun socharimu qosh
ko’zimga haridor bo’lardi.... Bu
hatimni hozir yig’lab yozyapman
o’sha birinchi iyul kuni qandaydir bir
notanish yigit to’yda yonimdan
ketmadi, tinmasdan mani kuzatardi.
Man odamovirog’man. Odamlaga
uncha qo’shilmiman to’ydayam
umuman davraga chiqib ,boshqa
qizlaga o’xshab o’ynamadim .
To’ylarga uncha bormasdim. Odam
gavjum joyni yoqtirmiman… Hullas
u yigitni obrosi baland ekan shekilli
hamma egilib surashib hurmatini
joyiga qo’yardi, lekin man e’tibor
bermadim chunki man yigitlarga
qiziqish bilan qaramasdim.
To’y juda chiroyli o’tdi , kelin bilan
bir mahallada o’sganmiz yaqin
dugonam edi... U yigit
mahallamizdan mani ko’p
surishtirgan ekan bilmiman nimaga
aynan mani tanlagan nimaga ???
Hullas 2 kunni ichida mahalla ko’y
qarindosh urug’ hamasini
erinmasdan surishtirishgan ekan 3
iyul kuni oyisi uyimizga sovchilikka
keldi man kutmagandim tog’risi
o’glim ko’chada moshinada qarab
turibdi degan gapini eshitib darrov
derazadan qaradim ne ko’z bilann
qarayki o’sha yigit Astagfirullox
hayron qolgandim Nimaga man ???
Oyisi ertasi kuni yana kelib bugun
unashtirib ketamiz ho’p deng deb
oyimlaga iltimos qildi mani boshim
aylanib ketti nimaga bunaqa tezlik
bilan unashtirishmoqchi deb oyimla
adasi qarindosh urug’ bilan
maslahatlashaylik dedilar. Yigitni
oyisi ertaga aniq javobilani aytilar
deb ketti. Yigit astoydil manga
uylanmoqchi ekan oyisi shunin un
to’yni tezlik bilan qilamiz dedi oilada
bitta ogil boy badavlat kelishgan,
obroli etiborli odamlani yolgiz
bolasi.
Adasini butun shahar tanidi obroli
odam , qarindoshla bilan
maslahtlashishdi o’sha kuni adamlar
surishtirib ko’raman yaxshi yigit
bo’lsa mayli dedila , mandan rozilik
ham surab o’tirmadilar, lekin
oyimlar qizim judayam odobli aqlli
hush toparman yigit ekan oilasi ham
juda yaxshi odamlar ekan dedilar.
Man hali o’qishga kirishim kerak
degandim yigitni oyisi to’ydan keyin
o’zimiz o’qitamiz debdi. Hullas 10
iyul kuni mani unashtirishdi, yigit
bilan 2 marta ko’rishdik, o’sha
kunlarni eslasam yashagim kelmaydi
to’g’risi, u mani yoqtirib qolganini
surishtirib bilganini faqat to’yni
tezlik bilan qilish kerakligini aytdi
man hayron edim nimaga bunchalik
tezlik bilann uylanmoqchi ??? Lekin
gapirishlari o’zini tutishlari
nihoyatda odobli har bitta gapni
ham o’ylab gapirardi shunaqa aqlli
ediki islomdan ilmi baland namoz
oqir yuzidan nur yogilardi ismlari
Sanjar edi.... Mani namoz o’qishimni
bilib judayam hursand buldilar.. bir
marta ko’rganimdayoq o’ziga
boglagan edi
Mani telefonim yo’q edi, tutmasdim.
Manga 10 kuni ko’rishganimizda
telefon padarka qildilar telefon
apparati ham nomerlarimiz ham bir
hil edi. 14 kuni to’y belgilandi.. 1 iyul
kuni mani ko’rgan edila 14 kunda
tezlik bilann to’y qilishdi juda tez
bo’ldi to’yimiz !!! Man baxtli edim
To’yimiz judayam chiroyli havas
qilsa arziguli to’y bo’lgandi. Hamma
kelin kuyovga havas qilardi, biz bir
birimmizga judayam mos edik.
Baxtli edik, ha Baxtli edik Toyni
o’tkazdk mani Mehribonim Sanjar
aka mandan 10 yosh kotta edilar,
lekin judayam mehribon nihoyatda
rashkchi edilar ko’chaga umuman
chiqarmasdila hijobga kirdim,
odatda 7 kunli kelinla otasini uyiga 7
kuni borishi kerak lekin bir hafta
bo’ldiku uyimga borib kelay desam
ruhsat bermadilar ertalabdan
kechgacha yonimda bo’lganlar mani
bir minutgayam yo’lg’iz
qo’ymaganlar hayotimdan mamnun
edim haqiqiy bahtimni topgandim
essiz o’sha kunlarim Baxtli kunlarim
ko’pga cho’zilmadi atigi 14 kun ???
Mani suyangan tog’im mexribonim
baxtim mani atigi 14 kungina man
bilan birga baxtli yashagan edilar 14
kunda tezlik bilan to’y qilib 14 kunda
mani tashlab ketdila.... Yoshim 10
yosh kichgina bo’lganii uchun kotta
qizim derdila toyimizga 14 kun
bo’lgandi ko’chaga ish bilan chiqib
ketayotgan edilar manga qarab aqlli
qiz bpo’lgin asal qizim kelgunimcha
o’zini ehtiyot qilgin ko’chaga
chiqmagin bilasana mani deb
hazillahsib kulib chiqib ketdilar ....
Lekin qaytmadilar/ Sanjar aka tezroq
kelin deb sms yozdim javob keldi;
hop hayotim azgina sabr qilgin ok
man uchun o’zini ehtiyot qilgin ya
tebya lyublu ,,,,, Lekin ko’chadan
Avtohalokat uchragan Sanjar akamni
o’ligi keldi, man tamom bo’ldim
hushimdan ketib qolgan ekanman
uygonsam boshimda hamma
to’planib olgan hovli to’la odam
uyimizda aza edi nima bo’lyapti
tushunmasdim Sanjar akamni
qidirardim ??? Lekin yo’q nimaga
bunaqa tez mani tashlab ketdila
o’ylab tamom bo’lganman yangi
kelin uyiga ilk marotaba aza libosda
kelsa g’alati ekan oyimlayam
adamlaram tamom bo’lishdi
Bir tomonda oyim yig’lardi yosh
qizim beva qoldi deb bir tomonda
adamlar urishar edila qaydanam
guldek qizimni berdim 14 kunda
beva qoldiku deb lekin birorta gap
qulog’imga kirmasdi man tamom
bo’lgan edim hayotimni mazmuni
shunaqangi o’ziga tez bog’lab
shunaqangi sevdirib darrov tashlab
ketdi.
Nimaga shoshilib to’y qilib to’ydan
keyin ham uyimga jo’natmasdan
tunu kun parvona bo’lganini endi
tushundim . Kongli sezgan ekan. Ha
sezgan ekan shekilli mani birovlaga
berib qo’ymaslik uchun darrov to’y
qildiyu tashlab ketdi. Mani
vujudimda Sanjar akamni vorisi
borligi bilib qaynonam qaynotam
huddi o’g’illari qaytib kelgandek
hursand bo’libb ketishdi yeru ko’kka
ishonishmadi mani Sanjardan
yodgorimiz deb avaylashardi bir
tomondan manga rahmlari kelardi
yosh guldek qiz beva bo’libb qoldi
deb man hech bo’lmasa Sanjar akam
uzidan yodgor qoldirib ketgani un
ozimni qo’lga oldim farzandimiz
uchun lekin buyam ko’pga
chozilmadi homilam 3 yarim oyda
tushib qoldi
Hayotimni mazmuni yo’q edi ko’p
siqilishdan bolam ham tushib qoldi.
Sanjar akamni uyida qololmasdim
telba bo’lib qolgandim hamayog’ uni
eslatardi oyimlar uyga olib ketdilar,
iltimos o’ziga kelsin yana keladi deb
ruhsat so’rab opkettilar man tildan
qolgandim ahvolim yomonlashib
balnitsaga tushib qoldim. Hamasi
judayam tezlik bilan bo’lldi ko’z
ochib yumgunimcha to’y aza hamasi
o’tib ketdi mana bir yildan ham otdi
man olib qolmadim yashayapman
holamni qizi chet elda yashaydi.
O’zbekistonga kelganida ahvolim
yomonligini ko’rib birga ket man
bilan unutasan o’zini qolga olishin
kerak keyinchalik qaytib kelasan dedi
uydegilar viza qilishdi birga ketdim
mana 8 oydan beri Kareada
yashiman unutib bularmidi 14 kun
bo’lsa ham bahtli yashaganmanku
baxtli edimku bir umrga tatigulik
mehr bergan Sanjar akamni
unutishni hayolimgayam
sigdirolmiman har kun tushimga
kiradilar har doim kulib man
yonindamanku yiglama sabr qil
deydilar tushimmi ongimmmi
bilmiman har kechasi Sanjar akam
yonimga keladilar balki havotir olib
ruhlari kelar bilmadim
Xudo sabr berib yashayapman
Alloxga iboat qilib sabr qilib man
o’zimni qolga oldim hayotim sal
yolga tushyatgan edi lekin
"Odno”dan profil ochdim, o’rrtolarim
bilan gaplashib turaman bollar
uchunmas faqat o’rtoqlarim bilan
gaplashib turaman salom alik
digandey.... bir kuni bir yigitga
ko’zim tushib qoldi Astagfirullox
Sanjar akamni o’zi yig’lavordim
ko’rib ismi ham Sanjar ekan ha
Sanjar man ishonmadim ismi ham
qosh kozlari ham kulishlari ham
ko’piya dod deb yigladim rasmlarini
birma bir kordim astagfirullox mani
tashlab ketgan turmush o’rtogimni
o’zi ko’zimga ishonmasdan opamga
korsatdim opam ham manga
qo’shilib yiglavordi
Har kun shu bolani profiliga kirardim
mani profilim zakrit hech kim
ko’rmidi u bola Sanjar akamdek
kelishgan emasu lekin judayam
o’xshidi ismi Sanjar ekanligini ko’rib
shokka tushdim bir tasodif dedimda
qo’l siltab qo’ya qo’ldim, qaynonam
qaynotam bilan gaplashib turaman
qaynonam oz qizidey koradilar
qizim sizga eshigimiz har doim
ochiq kongliz tortgan payt keling
deydilar Mani oyog’im tortmaydi
hammayoq Sanjar akamni eslatadi,
mayli Alloxni sinovi deya
hammasiga ko’z yumdim har kun
Xudoga yolvoraman sabr bergin
deya halol ibodatda yashashga nima
yetsin man yolgizlikni tanladim
Sanjar akamga hiyonat qilomiman
konglimni ham o’zlari bilan birga
olib ketdilar.
Hayotimda 14 kun manga umrga
yetgulik quvonch baht sevgi mehr
muhabbat bergan insonim bilan
Xudo nasib qilsa Jannatlarda
uchrashamiz , bugun suyukligim
Sultonim Sanjar akani tugilgan
kunlari yuragim siqilib tolib toshib
ketdi ota onam ham Kareaga
kelishdi oilaviy yashayapmiz
Ota onam yaqinlarim yonimda sog’
salomatman Alloxga behisob wukur
manga o’xshab hech kim bevaqt
hazon bo’lmasin hamma suyukli yori
bilan bir umr baxt saodatda
yashasin mani bahtim ota onam
yaqinlarim borligida Alloxga
behisob shukur !!! faqat suyukli
insonim uzoqlarda.... mayli bu
dunyoku,,, o’tkinchi abadiy dunyoda
Jannatlarda ko’rishish nasib etsin
deb yashashda davom etaman .......!!!
14 kun bulsaham turmush
o’rtogimga suyukli yor sevimli rafiqa
bo’ldim qaynonam qaynotamni
suyukli erka kelini bo’ldim ozgina
bo’l saham xizmatlarini qilib
ko’ngillarini oldim. Allox manga
ozgina bo’lsa ham kelinlik bahtini
nasib ayladi. Sanjar akamni oilasida
Mehr muhabbat qadr topdim
shuyam manga berilgan baht va
sinov debb o’yliman


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 11