
tobim
yo'qroq, bugun o'qishga borgim
kelmayapdi, - dedim ertalab ishga
ketayotgan onamga. - Voy nima
bo'ldi, qaering og'riyapti? Kecha
o'qishda biroz sinf xonalarini
tozalagan edik, shunda urinib
qoldim shekilli. - Voy biram nozik-
ey, shu qizingiz, - gapni hazilga
burib qo'shildi opam, - darrov
urinib ham qolibdilar. - Hechqisi
yo'q, bugun biroz dam olay
ertaga tuzalib qolaman, - dedim
xavotirga tushgan onamni
tinchlantirish uchun. Onam uzun
nasihatlaridan so'ng ishga, opam
esa o'qishga ketishdi. Men esa
goh kuchayib goh tinayotgan
og'riqqa e'tibor bermay uylarni
saranjomlashga tushdim. Ammo
yaxshigina kasal bo'lgan
ekanman shekilli, bir zumda
charchab qoldim. Biroz tin
olishga o'rnimga yotdim. Uxlab
qolibman, tushimda shunaqangi
go'zal joylarda yurgan
emishmanki, naq jannat deydi
odam. Uyg'onganimda tush
sababmi yoki boshqami o'zimni
juda yaxshi his qilardim.
Kayfiyatim ham ko'tarinki. Ammo
bu vaqtincha tuzalish ekanligi
keyin bilindi. Bir necha kun o'tdi
hamki, tuzalish o'rniga kasalim
kuchaya boshladi. O'qishga
umuman bora olmay qoldim. Tez
charchab, holdan toyadigan,
birpasda ko'zim tinib ko'nglim
behuzur bo'ladigan bo'lib qoldi.
Bundan battar xavotirga tushgan
onam shifokorga ko'rinishim
kerakligini ta'kidlay boshladi. -
Oyi, nima qilasiz bosh og'riq qilib,
o'tib ketadi, qonim kamayib
ketgan bo'lsa kerak, - deymanu,
lekin o'zim ham biroz qo'rqa
boshladim. Xavotirga tushganim
bejiz emas ekan. Qo'yarda
qo'ymay oyim doktorga olib
bordilar, turli analizlardan so'ng
ham kasalligim sababini bila
olishmadi. Endi kunim turli
kasalxonalar-u, analiz topshirish
bilan o'tadigan bo'lib qoldi. - Opa,
qonimni analizga olaverib-
olaverib qoldirishmadi shekilli, -
deyman kulib. Oxir oqibat
tomografiyaga jo'natishdi. Doktor
tomografiyadan so'ng onamga
bir nimalar dediyu, - Sizni
xonamda kutaman, deb xonasiga
kirib ketdi. - Sen uyga ketaver
bolam, charchading. Men doktor
bilan natijalar haqida gaplashib
olishim kerak ekan. Ortlaringdan
men ham boraman, dedilar,
ammo ko'zlari xavotir
uchqunlarini yashira olmadi.
Biroz ko'nglimga xijillik kirdi.Yur,
ko'nglim ozib ketdi bu
kasalxonalar hididan, ketdik endi,
- opam shunday deya,
qo'llarimdan sudragudek qilib
olib ketdi. Uyga kelganimizga bir
necha soat bo'ldi, ammo hali
oyimdan darak yo'q.
Tinchlikmikin, nega
kelmayapdilar? Hayolimga har xil
be'mani fikrlar o'rmalay boshladi.
- Opa, oyim kelmayapdilar?
Tinchlikmikin ishqilib? - Kelib
qoladilar, nima oyim kichkina
bolamidiki... ko'p xavotir
olaverma. Shu payt darvozadan
oyim ko'rindilar. Ko'zlari yoshdan
qizargan, ammo mendan
yuzlarini yashirishga harakat
qilayapdilar. Darrov gap nimada
ekanligini tushundimu, tomog'im
bir narsa tiqildi. Qanchalik
yig'lamaslikka harakat qilsam
ham ko'zlarim yoshga to'ldi.
Tomog'imni achitgan narsa
kattalasha boshladi go'yo. Oyim
yugurib kelib meni quchoqlab
oldilar Ahvolim og'ir ekanmi? –
dedim sekingina oyimni pinjiga
suqular ekanman. - Bolam, tuzalib
ketasan, doktor aytdi... – dedilar,
ammo shu payt lablarini
tishlaganlarini sezdim. Dadam
olamdan o'tganlaridan beri
lablarini tishlashni odat qilganlar.
Yig'lab yubormaslik uchun
shunday qiladilar. Ahvolimning
kundan kunga
jiddiylashayotganidan o'zim ham
og'ir xasta ekanimni bilar edimu,
lekin buni tan olishga kuchim
etmasdi. Shu kundan keyin
kasalxonalarga ko'chib o'tdim
desam xato bo'lmaydi. Turli
kasallar, turli hayot, turli insonlar.
Kasalxonada tanishgan insoninga
birinchi bergan savoling: - Sizni
qaeringizda kasal? - deb so'rash
bo'larkan. Yonimda bir qiz
yotardi, har 6 oyda bir kelib
ximiya terapiya olib ketarkan.
Ximiya terapiyadan so'ng uning
yonida yotish mening
azoblarimga o'n chandon azob
qo'shardi. Uning qiynalishini,
ingrashini ko'rib qo'rqib
ketardim. Sochlari to'kilib ketgan,
beto'xtov ko'ngli aynib, egani
oshqozonida turmasdi. Lekin eng
og'iri kundan kunga mening
kuyimda ado bo'layotgan, so'nib
borayotgan onamni ko'rish edi.
Olgan muolajalarim foyda
bermadi, endi menga ham o'sha
ximiyadan yuborishadigan
bo'lishdi. Birinchi marta
sochlarimni tutam-tutam bo'lib
to'kilayotganini ko'rganimda
qo'rqib ketdim. Kipriklarimning
bitta bitta to'kilishi esa mening
umidim o'xshardi. Ammo inson
har bir narsaga ko'nikkani kabi
men ham ko'nikdim. Faqat
ko'nglim ag'darilishiga ko'nika
olmasdim. Ovqatga qaragim ham
kelmas, ammo onamning menga
tikilgan mo'ngli ko'zlarini ko'rib
eyishga majbur bo'lardim. So'nib
qoldi onaginam...Mening esa
kundan kunga tuzalishga umid
so'nib borardi. Yuragim tez ura
boshladi, shunchalar tez urardiki,
guyo o'ziga berilgan vaqtni
tezroq bosib o'tsam deydi.
O'rnimdan turib yura olmay
qoldim. Doktor haq bo'lib
chiqmadi. Balki u adashgan, balki
onamga taskin berishi uchun
meni tuzaladi degandir. Axir
qanday qilib tuzalmaydi, qizingiz
o'ladi, deyishi mumkin.
Hamshiralarning nigohlaridan
achinish satrlarini o'qiyman.
Hammasini tushunaman,
hammasini bilaman. Faqat ayta
olmayman. Kuch-madorim yo'q,
charchadim. Yuragimni urishidan
charchadim, olib tashlang
yuragimni!.. Yaqinlarim tikiladi,
onajonim har doim yonimda. Bir
qadam ham jilmaydi. U ishonadi,
tuzalaman. Ishonmaydi mening
o'limimga. Ammo men istayman,
charchadim. Tomirlarimga
qo'yilgan, tanamning har bir
katagini achitayotgan dori ham
endi tanamga ketishdan bosh
tortadi. Tomirlarim ilma teshik
bo'lib ketdi. Ichim dori darmonga
to'ldi, ammo Holiq istamasa dori
shifo bo'la olmaydi. Ko'nikaman
o'limga. Kutaman uni. - Onajon,
ayting ularga yuragimni
to'xtatishsin... – o'tinaman. Onam
chiday olmaydi, chiqib ketadi
xonadan. Doktorlar esa sog'
tomirimni topib dori qo'ya
boshlashadi Hatto hazil qilib ham
birovga qattiq gapirmagan. Mana
butun sinfdoshlariyu,
kursdoshlari, hatto uni atigi bir
bor ko'rgan insonlar ham bugun
janozasiga kelishgan. Hovliga
odam sig'maydi. - Onajon men
ham axir sizning qizingizman,
meni ham qizim deng, - yolvoradi
qiz. Ona: - Qizim, deya uni
qo'chog'iga oldi-yu, ammo
Nilufarni eslaydi. Jannat guli
Nilufar. Quchog'idagi qiz yodidan
chiqadi, ketgisi keladi Nilufar
tomon. - Bunchalar chiroyli
bo'lmasa, yuvintirib
kafanlangandan so'ng gul kabi
chiroyli bo'ldi-ya, bunchalar nozik
xuddi uxlab qolganga o'xshaydi, -
deydi Nilufarni ko'rgan ayollar.
Amakilari dod soladi uni ko'rib.
Ona yig'laydi, uvvos tortib
yig'laydi. Ha, u juda chiroyli bo'ldi,
men ham yig'ladim, uni eslab-
eslab yig'ladim. – Madina opa,
birovni xafa qilishga shunchalar
qo'rqamanki, - ovozi qo'log'im
tagida yangraganday bo'ladi.
Shiringina kulgusini,
qo'ng'iroqday ovozini eslab
yig'ladim. - Bolam ko'p
yig'lamang. Qiynaladi Nilufar,
qiynamang uni. Bandalik bolam,
hammamizning boshimizda bor. -
Lekin meni tashlab ketdiii,
uvillaydi ona. - Hech kimga bola
qazosini ko'rsatmasin, - yoqasini
ushlab qo'yadi ayol. Mana uning
o'limiga bir yilcha bo'lib qoldi.
Ammo ona hali ham motamda,
yo'q ko'rinishi emas, qalbi aza
tutmoqda. Siz ham bu hikoyani
o'qiganingizda Nilufarning
haqqiga duo qilib qo'yinglar
azizlarim...!
ADADMINChik


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 23