
Sizlarga bir, baxtsiz qissani aytib
bermoqchiman. Iroda o'rtaxol
oilada katta bo'lgan. U kambag'al
oiladagi bir yigitni, qattiq sevib
qoldi. Yigitni oilasi katta, ko'p
narsalarga imkoni yo'q edi. Iroda
shunga qaramay ham, uni
sevaman deb uyidagilarga qarshi
chiqib, unga tegaman deb, turib
oldi.Onasi qizini fikridan
qaytarishga ko'p urindi, ammo
iloji bulmadi. Qizining qaysarligi
onaizorni azobga solardi. Qizni
uyidagilar, to'yga qattiq qarshi
chiqishdi. Qiz baribir so'zidan
qaytmay, pinxona yigit bilan
turmush qurishdi. Bu yangilikni
eshitgan qizning ota-onasi,
qizidan qattiq jaxli chiqdi va
undan voz kechdi. Irodani ko'ziga
xech narsa ko'rinmas edi. Sevgani
yonida baxtli edi. O'zini yettinchi
osmonda yurgandek his qilar edi.
Irodaning turmush o'rtog'i
Elmurod ham, uni qattiq sevar
edi. To'ydan so'ng, Elmurod ishsiz
qoldi. To'yga bir hafta o'tar
o'tmas, qaynonanig kesatiq
gaplari boshlandi. Bir mahal,
ovsini bir gazeta olib kelib qoldi.
Unda qimmatbaxo
taqinchoqlarning surati bor edi.
Ularni orasidagi bir uzuk, Irodaga
juda yoqib qoldi. Kechqurun
turmush o'rtog'iga o'sha uzukni
ko'rsatib, olib bering dedi.
Elmurod olib berishga imkoni
yo'qligini, uyga bozor qilish,
ro'zg'or qilish kerakligini
tushuntirdi. "Men ishsizman, seni
o'ylayotgan gapingni qara" deb
jaxl qildi. Iroda o'sha kun
tonggacha yig'ladi. Ammo
Elmurod, e'tibor ham bermadi.
Kechasi bilan uxlolmagan
kelinchakni, kuni og'ir boshlandi.
Ertalabdan qaynonaning javrashi,
hamma hammasidan
charchagandi. Uyiga ham, bora
olmasdi. Chunki uyidagilar uni,
qabul qilmasligini yaxshi bilardi.
To'yiga 16 kun bo'lgandan so'ng,
bir kuni ovsini ishlashga men
bilan chiqing dedi. Elmurod
borishiga ruxsat berdi. Iroda ham
juda xursand bo'ldi. Endi
qaynonasini ovozini kamroq
eshitishdan. Ovsini Irodani ayollar
gavjum bo'lib turgan joyga olib
bordi. Bu mardikor ayollar
yig'iladigan joy edi. Bir mahal
Irodanning yoniga kelib, bir
mashina to'xtadi. Ichida chamasi
qirqdan oshgan, qorindor bir
erkak bor edi. Irodaga qaradida,
mashinaga o'tirishini aytdi.Ovsini
shartta Irodani qo'lidan ushlab,
mashinaga olib chiqdi. Yo'lda
ketishar ekan, ovsini bu erkakni
tanishini aytdi va erkak bilan
xuddi qadrdondek gaplashishni
boshladi. Iroda hech narsaga
tushunmas, indamay ovsinini
aytganini qilar edi. Ularni bir katta
dalahovliga olib kelishdi. Bir oz
muddat oynalarni yuvishdi. Keyin
haligi erkak, ularni abetga
chaqirdi. Ichkariga kirgandan
so'ng, Iroda juda hayron qoldi.
Dasturxonda yo'q narsani o'zi
yo'q edi. Xamma nozu ne'matlar,
shirin shirin taomlar bor edi.
Ovqatlangach, erkak, ularga
ichkilik tavsiya qildi. Ovsini ichdi,
ammo, Iroda uyga borishi kerak
ekanligini aytib, ichmaslik yo'lini
qidirdi. Erkak bo'lsa, o'zim olib
borib qo'yaman dedi. Ovsini ham,
Irodani ichishga majburlay
boshladi. Irodani qulog'iga
ichmasang bo'lmaydi, odobsizlik
bo'ladi deb aytgandan so'ng,
Iroda noiloj ichdi. Bir ozdan so'ng
boshi qattiq aylana boshladi.
So'ng, sal o'ziga kelgach, o'zini
yotoqxonada bir ahvolda ko'rdi.
Eshikdan boyagi erkak, qo'lida
qadax bilan kirib kelardi. Iroda
qattiq qo'rqib ketdi. Nimalar
bo'layotganini, nimalar
bo'lganinini eslashga urinardi.
Ammo hech narsani eslay
olmasdi. Yonidagi to'shakni olib,
ustiga yopdida xaliga erkakka
yalinishni boshladi. "O'tinaman
sizdan, meni qo'yib yuboring.
Axir, axir chillasi chiqmagan
kelinchak bo'lsam, o'tinaman
sizdan, meni qo'yib yuboring.
"Ko'zlaridan yoshlar oqa boshladi.
haligi erkak bo'lsa, Irodaga
yanada yaqin kelardi. Iroda nima
qilishini bilmasdi. Hech qachon
bunday bo'lishi mumkunligi
haqida o'ylamagan qiz, faqat
yig'lardi va o'tinib haligi erkakdan
yaqinlashmaslikni so'rardi xolos.
Haligi erkak, Irodaga yaqin
keldida, "bunga men aybdor
emasman, chillasi chiqmagan
kelinchakni ko'chaga chiqarib
qo'ygan, eringiz aybdor". Iroda
boshqa hech narsa demadi.
Ko'zlarini yumdi. Bir oz
muddatdan so'ng, ko'zlarini
ochdi. Yonida katta idishda
shokolad, pastroqda esa chiroyli
liboslar. Iroda turdida, kiyinib
oldi. Stolni ustida ikkita quticha
bor edi. Biri kichkina quticha.
Ichini ochdi. Ichida o'zi orzu
qilgan o'sha rasmdagi uzuk edi.
Ikkinchisida esa, unga moslab
olingan tumor bor edi. Iroda
tashqariga chiqdi. Hovlida ovsini
uni qo'lidan ushlaganda va
ahvolini so'raganda, sal bo'lsa
ham o'ziga keldi. Ungacham
bo'lgan voqealar unga xuddi
tushdek tuyilgandi. Ular
mashinaga o'tirishdi. Bir maxal
ichkaridan boyagi erkak,
to'xtanglar deb baqirdi. Mashina
to'xtadi.Erkak orqa eshikni
ochdida, Irodaga boyagi ikki
qutichani berdi. Mashina ketishda
davom etdi. Oradan bir xafta
o'tdi. Iroda o'ziga kela olmasdi.
Turmush o'rtog'ini yonida
bo'lganida esa, o'sha mash'um
kun, yana qaytarilayotgandek
tuyilar edi. Shu sabab ham, u
eridan o'zini olib qocha
boshlagandi. Qaynonani
javrashlari ham, endi Irodani
qulog'iga kirmasdi. Ko'zini bir
nuqtaga qadagancha, jim yurardi
xolos. Ichida esa, qattiq o'rtanar,
nima qilishni bilmas edi. Bu
ahvolini ko'rib, ovsini bir kuni uni
chetga tortida, gaplashib oldi.
"Iroda bilasizmi, men xam sevib
turmush qurganman. Ammo
ahvolni bilasiz, xech narsaga
imkon yo'q. Meni xam o'z
orzularim bor. Iltimos qilaman,
bunday yurmang. O'zingiz uchun
bo'lmasa, xech bo'lmasa men
uchun iltimos sizdan. Eringiz
o'sha kuni nima bo'ldi deb
so'radi. Aytishicha o'sha kundan
beri o'zgarib qolgan ekansiz.
Iroda, iltimos men uchun bunday
yurmang. Iltimos qilaman! Shu
vaqt uyga, mexmonlar keldi. Bu,
Irodaning ota onasi edi. Ular
nixoyat qizini turmush qurganini
tan olib, uni ko'rgani kelishgandi
aslida. Xursand bo'lishi kerak
bo'lgan Irodani bo'lsa, ko'ngliga
qil sig'masdi. Hamma dasturxon
ustida kulishib suxbat qilishardi.
Faqat u yerda Iroda yo'q edi. Bir
maxal, Elmurod Irodani chaqirdi.
Ovozi chiqmadi. Ikki marta, uch
marta chaqirdi. Ammo javob
ovozi kelamdi. Elmurod sekin
o'rnidan turib, xotinini qidirishga
tushdi. Ammo u uyda emas edi.
Shunda xamma yig'ilganlar, uni
qidira boshladi. Ko'chadan, qo'ni
qo'shnilardan. Ammo hech
qanday foydasi bo'lmadi.
Ko'chada o'ynab yurgan bir
bolakay, Elmurodni yoniga kelib,
kelnoyim jar tomonga ketdilar,
deb aytdi. Irodani uyidan sal
pastroqda katta jar bor edi. Jar,
shu qadar katta ediki, uni tubi
ko'rinmasdi. Uydagilar sekin jar
tomonga yo'l olishdi. Jarga yaqin
qolishganda, Irodani ro'molini
topib olishdi. Ro'mol yerda
yotardi. Elmurod yugurdi. Jarni
uchigacham bordi. Ammo u yerda
Iroda yo'q edi. Jarni boshida bir
narsa yaltiraganini ko'rgan ovsini,
sekin borib yaltiragan narsaga
qo'l cho'zdi. Bu o'sha tilla uzuk
edi. Ovsini bildi nega bunday
bo'lganini va Iroda qayerda
ekanini. Sekin pastga qaradi.
Hech narsa ko'rinmas edi. U
o'lgan dedi, ovsin o'ziga o'zi.
Irodani o'lganini bilsada, ammo
uydagilarga xech narsani ayta
olmasdi. Oradan bir kun o'tib,
Irodani yo'qolganlar ro'yxatiga
qo'shishdi. Elmurod bo'lsa, har
kuni uni izlar, ammo topolmas
edi. Qaydan ham topsin, axir u
o'lgan. O'lganini bilgan odam esa,
hech qachon bu gapni ayta
olmaydi. Bu ibratli hikoya sizga
yoqadi degan umiddaman.
Hikoyani avtori menmas. Xato va
kamchiliklari bo'lsa oldindan
barchangizdan uzr so'rayman.
Alloh o'zi bizni nafs balosidan
asrasin. Shuni unutmangki: Bu
dunyoda barcha gunoh
kechirilishi mumkin. Ammo
xiyonatmas..


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 45
...ЕщёAgarda kim zeriksa
Zerikish jonga tegsa Tezroq bo'ling shoshiling
Davramizga qo'shiling
Zerikmaysiz shunda siz
Qiziqarli davramiz
Kerak bo'lsak hardoim
Saytimizda bo'lamiz. Ko'p do'stlar ham siz bilan
Birga bo'ling biz bilan
Kerak bo'lsa agar do'st
Dostlashamiz jon bilann
Biz O'zbeklar birlashib
O'zbek nomin taratamiz Bitta-bitta yig'ilib
O'zbekona birlik yaratamiz
Qalb nolasi da har doim Do'stlar bo'ladi doim
Zeriksangiz siz bilan
Suhbatlashar muloyim
Muammo bo'lsa agar
CHATda yangi koment yoz
Muammoni barini
CHAT mavzuda to'kib soch
Shunda do'stlar yordam berar
Birgalashib birlashib
Muammoingham yechilar
Do'stlar bilan sirlashib
Chatda hamma suhbatlashar
Ular seni chorlashar
Salom desang shu onda
Do'stlashishni boshlashar
Shaxsiy
Agarda kim zeriksa
Zerikish jonga tegsa Tezroq bo'ling shoshiling
Davramizga qo'shiling
Zerikmaysiz shunda siz
Qiziqarli davramiz
Kerak bo'lsak hardoim
Saytimizda bo'lamiz. Ko'p do'stlar ham siz bilan
Birga bo'ling biz bilan
Kerak bo'lsa agar do'st
Dostlashamiz jon bilann
Biz O'zbeklar birlashib
O'zbek nomin taratamiz Bitta-bitta yig'ilib
O'zbekona birlik yaratamiz
Qalb nolasi da har doim Do'stlar bo'ladi doim
Zeriksangiz siz bilan
Suhbatlashar muloyim
Muammo bo'lsa agar
CHATda yangi koment yoz
Muammoni barini
CHAT mavzuda to'kib soch
Shunda do'stlar yordam berar
Birgalashib birlashib
Muammoingham yechilar
Do'stlar bilan sirlashib
Chatda hamma suhbatlashar
Ular seni chorlashar
Salom desang shu onda
Do'stlashishni boshlashar
Shaxsiy gapni pochtada
Yozaver tortinmasdan
Shunda yigitlar va qizlar ham
Do'stlashadi tinmasdan
Ko'p o'ylanib o'tirmang
Showiling Sayt sari
Saytimizga qo'shiling
Yaxshi insonlar bari.
MANZILIMIZ
www.Marvarid.Ru
Zamonaviy Tanishuv Portali !!!