
Nahot endi uchrashmaymiz, nahot endi seni ko'rmasam, endi dardni talashmaymiz, armonlarga mag'lub bo'lmasam.....
Nahot endi qaytmas bahor, ko'ngil guli sochmas chiroy, hijron dilga solar g'ubor, qalbim kabi zulmatda oy....
Nahot endi ishqdan nido, taraladur, yig'loq zabon, fidokor sevgim alvido, alvido ey mohitabon...
Nahot endi sensiz qolsam, ayriliqdan yolg'izlikda, yorim sendan judo bo'lsam, alam, yig'i sõzsizlikda....
Nahot endi butkul tamom, gullar yig'lar, xazon kular, sevgi berdi menga inom, dardga to'la armon ular....
Nahot, nahot, nahot jonim, endi seni uchratmasam, qismatdir bu har bir onim, dilga bo'lmas eslatmasam.....
Nahot endi yo'qmu najot, qalbga armon tashrif aylar, jonim, qismatmikin nahot, armon faqat shoir saylar.....
Nahot endi uchrashmaymiz, nahot endi seni ko'rmasam,....


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9