
Yigit tong otishi bilan bozorga
oshiqdi. Havo sovuq, bahorga
öxshamaydi. Bayramga
hardoimgidek atirgul emas, lola
sotib olmoqchi böldi. Bozor
darvozasi yaqinida bir chelak
chiroyli
lolalar turardi. —Kim
sotyapti— söradi u. -Hozir keladi,
—dedi bir ayol. U yerda yana bir
qariya turardi. Uning nimasidir
yigitni öziga jalb qildi. Cholning
egnida eski urfdagi plash:
hamma
yog‘i tikilib, yamoq bölib
ketgandi. Shimi ham eski, lekin
yaxshilab dazmollangan.
Poyabzali yaxshilab
moylanganidan yaltirab tursada,
ancha xizmat qilgani bilinib
turardi.
Qariyaning yuzini ajin
bosgan biroq közida qandaydir
mag‘rur ifoda bor edi. U
sovuqdan kökarib ketgandi.
Shunga qaramay, gul
sotuvchining kelishini kutardi.
Yigitning unga rahmi keldi.
Sinchiklab razm solgach, uning
piyonista emasligini, shunchaki
köp qiyinchilik körganini,
g‘aribligidan uyalayotganini
tushundi. Gul sotuvchi ayol
chelakka
yaqinlashdi. Chol
botinmaybir qadam tashladi. Yigit
ham. — Qizim, bir dona lola
qancha turadi? — Yöqol bu
yerdan, yaramas chol, sadaqa
söramoqchimisan— baqirdi
gulchi
xotin. —Menga bitta lola
kerak, qancha turadi? Yigit
cholning közlari yoshlanganini
kördi. —Bittasi? Sen b-n
pachakilashib ötiramanmi?Yöqol!
— Sen baqirmasdanqancha
turishini
ayt— dedichol sekin. —
Donasi 500,— dedi xotin kinoya
b-n. Chol chöntagidan ikkita 200
sömlik chiqardi. —Menda 400
söm bor, balki shunga berarsan
— söradi chol qimtinib. Yigit
cholning
közlarida shu paytgacha
birorta erkakning közida
körmagan alam va
og‘riqnipayqadi. -Yaxshi,— gulchi
xotin mazaxomuz hiringlab
chelakdan bir dona lola oldi. Gul
shoxchasi örtasidan singandi.
Chol lolani olib tög‘rilashga urindi.
Ammo gul öjarlik b-n pastga
egilardi. Qariya qölida singan
lolani tutgancha yig‘lardi. —
Menga qara, nima qilyapsan?—
yigit
özini vazmin tutishga
urinsada, chidolmay baqirdi.
Gulchi xotin indamay yigitga
qarab turaverdi. —Töxtang, —
yigit cholning yengidan tutdi. —
Öv ahmoq xotin! Bir chelagi
qancha
turadi? — A... —Sendan
sörayapman, bir chelagi qancha
turadi? —30 ming bölsa kerak.
Yigit chöntagidan bir dasta pul
olib, gulchi xotinning oyog‘i
tagiga tashladi. Söng chelakdagi
lolalarni olib, cholga tutqazdi.
Qariya bu tuhfani bosh chayqab
rad etarkan, unsiz yig‘lardi.
Yigitning közlariga ham yosh
sizdi. —Yuring,— yigit cholni
qölidan tutdi. Shirinliklar
sotiladigan
rastadan ixchamgina
chiroyli bezatilgan tort sotib olib
cholga ögirildi.
—Menga qarang ota, meni pulim
bor. Bu 30 ming chöntagimga
zarar qilmaydi, siz esa singan
lolaiz b-n
xotinizni yoniga
borishiz yaxshimas, axir bugun
bayramku! Manavi gullarni, tortni
olib boring, meni nomimdan ham
tabriklab qöying. Cholning
közlaridan duvillab yosh oqa
boshladi.
Lablari titrardi. Yigit
ortiq bu manzaraga qarab
turolmasdi. U qölidagilarni cholga
tutqazib, közlarini kafti b-n
artdida nari keta boshladi.
Oshiqib ketib borarkan, ortidan
cholning past, dardli ovozdagi
sözlarini eshitdi: —Biz 50 yildan
beri birgamiz... U kasal bölib
qolgan... Bugun sovg‘a bergim
kelgandi...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 13
( F
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=52996513071353&_prevCmd=userAltGroups&tkn=3270
QoWLiLa