
Bir kuni er xotin dasturxon
atrofida choy ichib
o'tirishganda,
eshik taqilladi.
Ayol o'rnidan turib eshikni
ochdi. U yerda bir bechora
inson ozgina suv va non
so'radi. Ayol
ichkarida umr
yo'ldoshiga:
- Unga ozgina non beraylik,
Hudoga shukur bizda hamma
narsa yetarli, U esa och ekan, -
dedi. Shu vaqt erning
jaxli chiqib:
- Men o'z nonimga o'zim pul
topayapman, U xam qorni
uchun
ishlasin non yo'q deb xaydavor
uni. Ayol noiloj non yo'q deya
eshikni
berkitdi.
Shundan keyin u oilada
ko'ngilsizliklar, Ish
yurishmasligi,
Urish janjallar
boshlandi va ular ajrashishga
qaror qilishdi...
Vaqt o'tib ayol boshqa boy-
badavlat kishiga turmushga
chiqdi. Bir kuni dasturxon
atrofida o'tirisharkan eshik
taqilladi. Ayol ochdi u yerda bir
bechora turardi... Turmush
o'rtog'i:
- Azizam unga non, choy va
biroz shirinlik ber bechora
ochdir qornini to'yg'azsin -
dedi.
Ayol eshikni yopib ko'zlari
yoshlandi...
- Azizam, nega yig'layapsan? U
seni xafa qildimi?
- Yo'q, bilasizmi u kim edi?
- Kim?
- Mening birinchi turmush
o'rtog'im edi... - Bilasanmi men
kimman?
- Kim?
- U xaydagan o'sha BECHORA..


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 13