
birida shinamgina hovli bo'lib,
unda kichkina bir oila yashardi:
er-xotin va ularning ön yoshli
og'illari. Yigit ö'z uyining
yerto'lasida ustachilik bilan
shug'ullanardi. U qöli gul
hunarmand bölib, eshik va romlar
yasashda unga yetadigani yöq
edi. Kunlarning birida u har
doimgidek öz ishini qilayotganida
chiroq öchib qoldi. Usta bir
qancha muddat kutdi, lekin
chiroq yonmadi, aksiga olgandek
shu kuni bitirishi kerak bölgan
buyurtmasi bor edi. U
afsuslangancha, biroz dam olish
uchun uyga kirayotganida elektr
yoqib-öchirgichga közi tushdi.
Kimdir atay elektrni öchirib
qöygandir deb öyladi. Darhaqiqat,
dastakchalarni tepaga kötargan
edi ustaxona chirog'i yondi. Usta
biroz asabiylashdi, "Kim qildi bu
bema'ni ishni?", - öylardi u.
Yertölaga tushib endi boshlagan
ham ediki, chiroq yana öchib
qoldi. Ammo bu safar u elekrtni
kim öchirganligini aniq kördi.
Ustaning ög'li sekin chiroqni
öchirib, narvonda pastga
tushganida, ortida otasi unga jahl
bilan qarab turardi. Usta endi ön
yoshga tölgan ög'lining bu qilgan
ishini kechira olmadi, jahl bilan
butun ishni kechiktirgan
ög'lining yuziga shapaloq tortdi.
"Endi esi kiradi, bir marta
öchirgan bölsa ham mayli edi".
Bolakayning yuzi qizarib ketgan,
labidan qon sizardi. Lekin,
azbaroyi g'azab otiga mingan
usta ög'lining köz yoshlariga
e'tibor ham qilmay uyga kirib
ketdi va xotiniga baqirdi:
"Bu bolaning maktabda kimlar
bilan aralashib yurganligini
bilishimiz kerak. Shundayligicha
qöyib qöysak boshimizga balo
böladi!"
Охiri eng oson yöli topdi.
Ög'lining qölidan hech
qöymaydigan kundaligini öqiydi
va uning nima ishlar qilib
yurganligini bilib oladi. Хоtinining
qarshiliklariga qaramasdan
ög'lining kundaligini ochib öqiy
boshladi. Bolakay sönggi sahifaga
shu sözlarni yozgandi:
"Bugun yomon tush kördim.
Tushimda ustaxonada
ishlayotgan dadamni tok uribdi.
Ey, Xudo, dadamni özing asra.
Dadam dunyodagi eng mehribon
odam. Men ham qölimdan
kelganini qilaman....."


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12
хамманинг фарзанди ота-онасига мехрибон болсин