
qay darajada tasir o'tkazyapti.
(so'zlovchi to'qima emas)
— Allo. Sevara bormi? —
Yo‘q, adashib tushdingiz. —
O‘ziz kim bo‘lasiz, tanishsak
bo‘ladimi?.. Bunday holatlar
bir kunda ko‘plab
takrorlanishi mumkin. Uyali
aloqa vositasi haqida ko‘p
fikrlar aytildi. Ammo ularning
zararli oqibatlari turli
muammolarga ham sabab
bo‘lmoqda. O‘g‘li yoki qizini
«yo‘qlab» turish uchun
telefon olib bergan ota-ona
farzandining ham «anoyi»
emasligini bilarmikan?
Ko‘chada bo‘lsa,
«Darsdaman», diskotekada
bo‘lsa, «Dugonamnikidaman»
deb bemalol gapirishi,
albatta, shubhalantirmaydi.
Bir dugonam darsga bormay,
tinmay uxlardi. Har safar
onasi telefon qilsa, ovozini
pastlatib: «Darsdaman,
domlamiz kelyapti, bo‘pti,
xayr», deb o‘chirib qo‘yardi.
Mushtipar ona esa
«o‘qimishli» qizini «dars
vaqtida» bezovta qilgani
uchun o‘zini koyigandir,
ehtimol... Ba’zi yoshlar uchun
eng foydali va qiziq
mashg‘ulot «sotka» orqali
tanishuvdir. Gohida tasodif
tufayli, ayrim hollarda
hazillashib, istagan raqamni
terib ham bir-biri bilan
tanishgan, hatto turmush
qurayotgan yigit-qizlar ham
bor.Kimgadir
ovozi, gapirishi yoki
so‘zlashish davomida
anglashilgan fe’l-atvori
yoqadi. Kimnidir ko‘rmay
turib, ovoz orqali sevib yoki
yoqtirib qolish ajablanarli
holat emas. Faqat
yoshlarning bir vaqtning
o‘zida bir necha yigit-qizlar
bilan mana shunday aloqani
o‘rnatishi juda qiziq. Bir kuni
xonadoshim to‘yi
bo‘layotganini aytib qoldi.
Qiziqib: «Kuyov bola bilan
qanday tanishgansiz?» deb
so‘radim. U ham «sotka»
orqali tanishganini aytdi.
Ilgarilari, avvalo, ota-ona
bo‘lajak kelin-kuyovlarni
bilib, kuzatib, oilasini
surishtirib, keyin ularni bir-
biri bilan tanishtirishgan.
Hozir buning ahamiyati
yo‘qdek. Eng achinarlisi,
birgina qo‘ng‘iroq uning
o‘rnini bosyapti. Bunday
qurilgan oila qanday kechadi
— noma’lum.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 14
rahmatik
togri yozibsiz