
(Kimlarningdir g'arazli
maqsadiga
xizmat qilganmidi?).
Qishning
qirovli kunlari tizza bo'yi yoqqan
qor sovug'i bilan etlarni
junjiktiradi. Qarg'alarning
qo'rqinchli qag'illashi
sovuqda
muz qotib turgan kishining
tanasini battar
covutadi. Ko'cha-
kuyda boshqa
fasllardek odam
gavjum emas, ayniqsa, xar vaqt,
xar vaqt bir shovqin
solib o'tib
ketadigan poyezd
yo'llarida tirik
jonni uchratish amrimaxol. Xar
doimgidek bugun xam
tog'
yo'lidan o'tgan temir
poyezd
vagonlari zarbidan chiqqan ovoz
butun darani daxshatga
solgudek
bo'ldi. Atrof jim-jit,
faqat qishni
sevuvchi qushlar yakkam-dukkam
o'sgan daraxtlar ustida
turib,
boshini qanotlari pinjiga
kiritib
olib, ma'nosiz, erinibgina sayrab
qo'yishadi. Temir yo'l
sozlovchi
Xasan og'a relslar sozligi
va
nosozligini tekshirish uchun
uyidan chiqdi. Har doim
shu
paytda Xasan og'ani
poyezd
yo'lida uchratish mumkin. U o'z
ishini sevganligi uchun
sovuqda
ham, issiqda ham
ishlash unga
malol kelmaydi. Relslar sozligi va
nosozligini tekshirib
kelayotgan
Xasan og'aning ko'zi bir
chetda
qor ustiga tashlab ketilgan
chaqaloqqa tushdi. U
go'yo jonsiz
qo'g'irchoqdek yerga
yuztuban
yotardi. Jasadni ko'rib Xasan
og'aning tili kalimaga
kelmay,
esankirab turib qoldi.
Chaqaloqning qorin qismi
ochiq, ichak-chavog'i yo'q edi.
Buni
ko'rgan Xasan aka
butun tog'ni
larzaga solib qichqirdi:
"Ey hudo, bu qanday vaxshiylik,
bu
qanday
razolat bo'ldiki, begunoh
odam
bolasi bunday qismatga
tushibdi. O'z nafsiga qul bo'lgan
kimsalar
shu begunoh
chaqaloqning
ichak-chavog'ini olib
tashlab, narkotik joylashgani va
manzilga
eltishgandan so'ng,
jasadni
poyezddan
uloqtirishganiga Xasan og'aning
fahmi
yetib
turardi. Kimningdir
to'qqiz oy
qornida asrab, o'lim bilan
olishib dunyoga keltirgan
norasidasini
vaqti kelsa og'ir kuniga
xam
yaraydigan xarom pul
ilinjida vaxshiylarcha
taxqirlagan. Nafsiga
qul kimsalar
chaqaloqning uvoli
tutishidan ham
cho'chishmabdi". Xayolida
shunday fikrlar
kechayotgan Xasan og'a
inson
bolasi shunchalik
razillikka
borishiga ishonolmay, yuragi
allanechuk bo'lib, qor
ustiga
cho'kkalab o'tirib
qoldi.Tamom


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 22
astafurlloh