
Lekin ota-
onam hali bundan bexabar. Men
juda kichkina, hatto olma
urug'idan xam
kichikroqman. Nima bo'lganda
ham men borman. Buni hech kim
inkor qila olmaydi.
15-oktyabr. Biroz kattalashgan
bo'lsam hamki, harakat qila
oladigan ahvolda emasman.
Onam yuragining shundoqqina
tagida joylashib olganman.
22-oktyabr.
Og'zim shakllana boshladi. Bir
yildan keyin men ham mazza qilib
kuladigan bo'laman, tilga
kiraman. Kim endi meni mavjud
emas, deya oladi? Nonning
ushog'i ham non-da, to'g'rimi?
27-oktyabr.
Bugun yuragim ura boshladi.
Bundan keyin hayotimning
oxirigacha dukillab turadi. Uni
zavq-u shavqqa to'ldiraman hali.
12-noyabr.
Barmoq chiqara boshladim. Hali
ular bilan sochimni tarayman,
gullar teraman. Men sizga bir sirni
ochay: men qiz bolaman...
20-noyabr.
Bugun
onam doktorga bordi. Borligimni
bilib, rosa sevingan bo'lsangiz
kerak-a,onajon! Yaqinda meni
qo'lingizga olasiz, erkalatasiz...
13- dekabr.
Endi atrofga bemalol
qarayapman, faqat qorong'u
joydaman, xolos. Ammo baribir
baxtiyorman, yaqinda dunyo
yuzini ko'raman...
24-dekabr.
Onajon! Men juda sog'lom qizcha
bo'laman. Tezroq dunyoga
kelishni, bag'ringizda mazza qilib
uxlashni xohlayman. 28-dekabr.
Onajonim doktor qabuliga keldi.
Voy, nimalar deyapsiz, onajon?!
Rizqni Alloh beradi-ku!
29-dekabr.
Eh... onajonim, nega tug'ilishimni
istamayapsiz? Nega jajji qo'llarim
bilan yuzingizni silashimni, sizga
erkalanishimni xohlamayapsiz?
Afsus... Oh! Badanim og'riyapti!
Juda qattiq og'riyapti. Meni
qutqaring, onajon!... Onaa...joon...MUALIF BUNYODJON


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 88