
tanishimdan olgandim, aytishiga
qaraganda uning yaqin do'sti
tomonidan qissaning qayta
ishlanga varianti emish. Juda ham
ta`sirli! Voqea boshida shuni
aytib o’tishim lozimki, men
qismatimdan nolimayman. Bu
Allohning qudrati. O’sha mash`um
voqeaga ham bir yildan oshibdi…
Mana, yana dillarni yayratuvchi
bahor fasli kirib kelmoqda.
Ikkalamiz ilk tanishgan
chog`larimizda ham shu fasl
hukmron edi. Atrofda ochilgan
oppoq gullar go`yoki bizni
tabriklash uchundek edi… Moviy
osmonni tomosha qilardik, olis-
olislarda suzayotgan siyrak
bulutlar yoniga uchgimiz kelardi-
a? Seni hushnud etish uchun, bir
dona qizil atirgul-u, sen yoqtirgan
shokolod kifoya edi. Bir dona
atirgul sen uchun 100tasidan
ham afzal ekanligini ko’p bora
ta`kidlarding. Sen bilan
ko’rishishdan oldin Alloxga
hamdu sanolar, shukronalar
bildirardim. "Mening sevgan
yorim bor Allox, be adad
shukur…”. Bizning ko`p
sevishganlardan farqimiz shunda
ediki, sevgimizni hech kimdan sir
tutmasdik, hatto ota-onalarimiz
xam xabardor edi. Bu esa bizning
birga bo`lishimiz uchun, yana bir
yengillik edi, xullas, bir-birimizdan
ajralib qolishdan hech ham
qo`rqmasdik. Bizga
tengqurlarimizni havasi kelardi.
Bir-birimizni qanchalar sevardig-
a?! Sen bahor faslini yoqtirarding.
Lekin negadir men sevgan kuz
fasli senga hecham yoqmasdi.
Kun kelib men ham shu faslni
yomon ko`rib qolishim hayolimga
ham kelmagandi…Aynan mana
shu kuz fasli ikkimizni bir-
birimizdan to abad ayirdi…!
Kasalxonaga tushib qolganingda,
vrachlar ahvolingni xavfli
emasligini aytishgandi. Lekin
kegin bilsam, ularni shunday deb
aytishga sen majbur qilgan
ekansan! Aslida esa bu yorug’-
yolg`on dunyodan bevaqt ko`z
yumishingni bilgansan. Oxirgi
marta seni ko`rishga borganim
hamon yodimda, o`zingni ancha
yaxshi his etayotganding va men
bundan xursand edim!
Esingdami? "Sog`aysam, birga
yangi hind kinosiga boramiz
deganing” Men so’z bergandim.
Nahot unutgan bo’lsang? Sen
emasmi: " Kechki payt yonimga
kelib ovora bo`lmang, ertaga
bemalol darsingizga borib
kelavering, tong sahar menga
javob berishadi va men uyga
borgach, sizga albatta qo’ng`iroq
qilaman”, -degan. Men baribir
"albatta” kelishimni, sen
yoqtirgan o’sha mashur
shokoloddan olib kelishimni
aytdim. Sen bunga astoyidil
qarshilik qilganding… nachora
rozi bo`ldim! O`ylasam, o`shanda
katta xato qilgan ekanman…
Nega endi senga quloq soldim-a?
Agar vaqtliroq borganimda, go’zal
ko’zlaringi so`ngi marotaba
ko`rarmidim… Balki bunga
yuragim dosh bera olmay, meni
o`zing bilan olib ketarmiding…
O`sha tun! Yuragim juda notinch
bo’ldi.
Tuni bilan uxlay olmadim, ko’z
oldimda go’zal visoling qayta
qayta gavdalanaverdi. Tong
yorishishini intizorlik bilan
kutdim, biroq, kutganda vaqt
ham o`tmas ekan. Nihoyat o’sha
dillarni junbushga keltiruvchi
tong yorishdi, lekin bu tong
doimgidek tarovatli emasdi.
Sendan qo’ng’iroq kutardim…
afsus ha deganda qo’ng’iroq
bo’lavermadi. Yuragim brogan
sari notinch bo’laverdi… Negadir
o`qishga oyog’im tortmay, sening
yoningga shoshildim. Ko`chaga
chiqganimda, havo qop-qora
bulut, qarg`alar tinmay osmonda
huddi ayuhan noz qilgandek
aylanishardi, shuningdek juda
kuchli shamol ham bor edi… Juda
xam kayfiyatni buzadigan havo…
Kasalxonaga yetib borguncha,
do’konga kirdim va`daga vafo
sen yahshi ko’radigan
shokoloddan oldim. Yetib
borgach ayanchli voqea guvohi
bo’ldim, oila a`zolaringni o`ta
kayfiyatsiz holati, otangni achchiq
ko`z yoshlari!! Mening
yuragimdan ham bir narsa uzildi.
Baholu qudrat hech kimga
gapirolmasdan to`g`ri seni
xonanga kirdim, Ko’zimga hech
narsa ko’rinmay qoldi… Butun
vujudim muzlab qolgandi. Hatto
vrachlarni qarshiligini ham
yengib o’tdim! Sen ko`zlaringni
ochgan holda yotarding… Men
ko’zlaringni ko’rishga ulgurdim!
Ko’z yoshlarim qalqib chiqa
boshladi… Ishonmadim, biroz
tinchlanishga harakat qildimu ,
shu zahoti senga savol bilan
yuzlandim.
"Qara… sen yoqtiradigan
shokolad olib keldim, hali
nonushta qilishga
ulgurmagandirsan-a? Kel birga
qilamiz ” Lekin sendan sado
chiqmadi, hatto qayrilib ham
qaramading-a? Huddi mendan
arazlagandek eding … Bir oz
sukutdan so’ng o`zimni yo`qotib
qo`ydim, qo’llaringdan tutib bor
ovozim bilan Allohdan seni
qaytarib berishini so’rab
baqirdim, meni tinchlantirish
bo’limiga olib chiqib ketishdi…
Nega, nega meni tashlab ketding?
Menga shuni ravo ko`rdingmi?
Baxtimizni shu yo`l bilan
yakunlamoqchimiding?... Axir
va`dalar unday emasdi-ku?!
Sening shu kichkina joning
shunchalar katta dunyoga
sig`madimi? Bundan kegin sensiz
bu dunyoda yashashdan
maqsadim nima ekanligini ham
bilmasdim… Agarda mening
o`rnimga boshqa bilan birga
ketib qolganingda ham bunchalar
kuymasdim… O’shanda men
o`kinib-o`kinib yig`ladim, osmon
xam xuddi meni yig`lashimni
kutib turgandek, bor ko`z
yosharini to`kib-soldi…endi
bilsam, o`sha xosiyatsiz ob-
havoning qora bulutlari - mening
ko`z yoshlarim, uyimiz yonida
pastlab uchayotgan qarg`alar -
sening vafoting darakchilari ekan.
Shamol esa seni uzoq-uzoqlarga
olib ketish uchun shay bo`lib
turgan ekan. Ana shu ayanchli
kundayoq men kuz faslini juda
ham yomon ko`rib qoldim, demak
sen ham bejiz bu faslni yoqtirmas
ekansan…
Mana, hozir bahor fasli, bugun
seni tug’ulgan kuning, ‘mozori
sharif’ tomon yo’lga
otlanarkanman qalbimga chiroq
yoqsa yorishmaydi, sen yoqtirgan
shokoloddan, va qip qizil
atirguldan yana bir dona
olvoldim, har bir qadamimda seni
eslab borayapmanu… Yana
Allohga shukrunolar bildiraman,
"Alhamdullilah, hech bo’lmasa
mening sevgan yorimdan
hotiralarim bor” Tug’ilgan kuning
muborak bo’lsin azizam!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 28
Булса турмуш кейин муш ширин хотиралар рузғорнинг аччиқ чучигида биланмай кетади шунинг учун қадимда китобларда хозир эса Одноклассники деган сайтларда яшаяпти цивилизация ахир
Айтганиз кесин