Ayolning uyqusi
kelmay shiftga tikilib yotar, közlari
yig'idan shishib ketgan, boshi
tars yorilgudek og'riyapti. Bugun
suyukli eri birinchi bor unga qöl
kötardi. Yetti yil bir yostiqqa bosh
qöygani, özi tanlab sevib turmush
qurgani... Tarsaki ovozi
shunchalik qattiq chiqdiki,
yonlarida ötirgan ikki yoshli
ög'ilchasi onasiga qöshilib yig'lab
yubordi. Olti yoshli qizalog'i esa
qöshni xonadan yugurib keldi.
хонадан югуриб келди. Nima
bölganini tushunmay hayron…
Ayol yon tarafga boqdi, eri yöq.
Chekkani chiqqandir. Faqat qattiq
siqilganida, ba'zan sigareta oladi
qöliga. Аyol özini aybdor his qila
boshladi. Bir gapdan qolmay teng
aytishgani uchun. Eri tag'inam
sabrli, boshida tög'ri
tushuntirishga harakat qildi.
Lekin "Siz ham erkakmisiz?”
degan gapga har qanday erning
sabr kosasi tölsa kerak. U özini
bosib olgan, ichmaydi, yomon
odatlari yöq, xotinboz emas.
Faqat biroz yetishmovchilik bor
oilada. Bugungi janjal ham eri
bolalari sevadigan
“Chokotellа” kremini olib
kelmagani uchun chiqqandi.
Shunga noshukrlik qilgani uchun
ayolning vijdoni qiynadi. Uxlay
olmayotgani sababi ham tarsaki
emasdi. Bаlki erining dilini
og'ritgani uchun özidan xafa
edi... Eridan xavotir olib eshikni
ochdi, uning
bolalar xonasi oldida turganini
körib hayron qoldi. Erining qölida
bir parcha qog'oz bor edi,
közlaridan esa yosh oqardi. Ayol
bu manzaradan qotib qoldi,
erining közlari namlanganini
birinchi bor körishi edi.
Bildrimasdan joyiga kelib yotdi…
Мiyasida ming hayol… Ertasiga eri
özini hech narsa bölmagandek
tutar,
doimgidek kulib, hazillashib
bolalarini öynatardi. Оradan bir
hafta ötgach ham ösha voqea
haqida söz ochilmadi,
ayolning köngli ham
tinchlangandek böldi. Yakshanba
kuni kiyimlarni yuvishga
shaylangan ayol erining shimi
chöntagidan bir parcha qog'oz
topib oldi. Undagi yozuvlar
kimniki ekanligini darrov angladi,
qiyshiq harflar bilan bitilgan
maktubni öqirkan qizalog'i
Muxlisa köz oldiga keldi: “Ey
Хudо, iltimos, adam oyijonimni
urmasin... Endi hech qachon
“Chоkоtеllа” yemayman..."
(Manba: "Hayot haqiqatlari" gr.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
da möda ßölayotgan
yengicha stilda yozilgan
status kere marhamat
gösti bölin va tanlab
köchirvolin 40 ta eng
sara statuslar