uzoq jiringladi. Kechasi bilan
uxlamasdan odnoklassnikida
o'tirganim uchun közimni
ochishga erinib, uxlashda davom
etdim. Lekin telefon qayta-qayta
bezovtalanaverardi. Uyqisirab
telefon ekraniga qaradim, eng
yaqin
do'stim - Shahruz. Göshakni
ko'tarib javob berdim:
"Allo, qalaysan?" Jimlik. U javob
bermasdi. "Allo, Shahruz,
tinchlikmi? Allo!" Yana jimlik. U
mening eng qadrli do'stim
bo'lganligi uchun xavotir ola
boshladim. "Allo.. allo ..." Uzoq
jimlikdan keyin uning qayerdasan
og'ayni, degan ovozini eshitdim.
"Uydaman, tinchmisan? Nima
gap?" "Ha, tinchlik. Hozir ko'chaga
chiqa olasanmi?" "Ha, albatta
qayerga borishim kerak?"
Uyimdan 150 km uzoqlikdagi
adressni berdi. "Men shu
yerdaman, kelolsang kel,
kutaman",- dedi. Bosh qotdi,
uning ovozi boshqacha eshitildi.
Nimadir bölganinini könglim
sezardi. Dadamning mashinasini
olib qochishga to'g'ri keldi. Garaj
darvozasini ochdim, mashinani
xolostoy qilib ko'chamizning
boshigacha itarib bordim. O'sha
yerda o't oldirdim va aytilgan
manzilga yo'l oldim. Roppa-rosa
bir yarim soatlarda aytilgan joyga
bordim. Lekin u yerda Shahruz
yo'q edi. Uning mashinasini
ta'mirlab bo'lmaydigan darajada
pachoqlanib ketgan holda ko'rib
qo'rqib ketdim va unga
qöng'iroq qila boshladim.
Telefonga javob bermasdi. Qayta-
qayta telefon qildim. Özimni
koyirdim. Tongda telefonni
vaqtliroq kötarmaganim uchun. U
javob bermasdi. Nima qilishni
bilmay qolgandim. "Sog'mikan?
Menga telefon qildiku! Biror
kasalxonada bölsa kerak",- deb
öylardim. Nihoyat akasiga telefon
qilishga qaror qildim: "Aka
tinchmisiz? Shahruz qayerda?
Nega jimsiz? Allo... allo javob
bering..." Yig'i ovozi eshitildi:
"Shahruzning umri qisqa ekan,
uni topshirib qo'ydik..."
Nima???!!! Telefonim qölimdan
tushib ketib sochilib ketdi. Butun
vujudimni titroq bosdi. Yuragim
tez urib, tomog'imga achchiq bir
nima tiqildi. Közimga yosh quyilib
kelardi. "Bo'lishi mumkinmas! U
nega meni
kasalxonagamas, bu yerga
chaqirdi? Nega yoniga
chaqirmadi? Nega?" Keyin darhol
telefonimni yig'ib oldim, har tugul
yondi. Sms
kelgan ekan, ochdim: "Do'stim,
seni juda juda yaxshi ko'raman,
senga omonatim bor, mashinani
bardachokini qara, uni asrab qöy,
uzr, shunaqa bo'lib qoldi,meni
unutma..." Dodlavordim:
"Yo'o'o'o'q!!!" Tel ni endi özim
yerga urib chil-chil qildim.
Mashinasining yoniga
borib bardachokni ochdim va
yana yig'ladim: suratlar...
Ikkalamizning maktab davrimizda
tushgan rasmlarimiz. Yana tilla
tross (uni tug'ilgan kuniga men
sovg'a qilgandim). Ortga qanday
qaytdim, bilmayman. Do'stimni
sönggi bor quchdim. Faqat endi u
jonsiz edi... Akasi umrining
so'nggi daqiqalarida ham
qo'lidagi telefonini mahkam
ushlab olganligi haqida aytib
berdi. Shahruz, og'ayni seni hech
qachon unutmayman. Ohirating
obod bölsin!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 14
da möda ßölayotgan
yengicha stilda yozilgan
status kere marhamat
gösti bölin va tanlab
köchirvolin 40 ta eng
sara statuslar