ketishgan. Akam menga ham ota,
ham ona örnida edi. Qiynalib-
qiynalib meni odam qilgan,
özlari öqimagan bölsada, meni
öqitgan. Ota-onam ukanga
g'amxörlik qil deb u kishiga
vasiyat qilganlari u-n og'ir
mehnat qilib bölsada meni hech
nimaga zoriqtirmay katta qildilar.
28 yoshida uylandilar. Ikki
farzandlik ham bölishdi. Akam
meni juda yaxshi körardilar.
Gohida yangam hazillashib:
"Akaiz mendan ham köproq sizni
yaxshi köradi", derdi. Nima
topsalar menga ilinardi. Meni
uylantirish niyatlari bor edi.
Hammasi ösha kunlardan
boshlandi. Dastavval
ancha toblari qochib bir-necha
kun ishga chiqmadilar. Keyin bir
kun hushidan ketdilar.
Shifoxonaga obordik. Doktor
közimga boqib, tashvishli
nigohda bittagina söz aytdi: rak..
Men umrimda bundan dahshatli
sözni eshitgan emasman. Butun
vujudim muzlab ketdi. Bir necha
kun özimga kelolmadim. Akam bu
haqda yangang
bilmasin dedi. Doktorlar umid
juda kam, deyarli davosi yöq
deyishdi, 99 foizga. Bir foiz umid
bor ekan-u deb Xudoga shukr
qildim. Doktor agar operatsiya
qilinib ilik köchirib ötkazilsa, uni
saqlab qolish mumkin deyishdi...
Yangam bilib qolib, yig'ladi.
Jiyanlarim hali yosh. Ular biz kabi
otasiz ösmasligini Allohdan
sörardim. Akam ularga kerak edi.
Suyak köchirib ötkazishsa faqat
meniki unga mos kelishi mumkin.
Yagona muammo bu operatsiya
tufayli mening hayotimga xavf
tug'ilishi mumkinligida edi.
Men hali yoshman.
Uylanmaganman. Akam u-n
shunday qilishim kerak edi.
Doktordan bu haqda akamga
aytmasligini söradim.. Operatsiya
kuni yaqinlashardi. Lekin xotirjam
edim. Axir jondan ortiq jigarim-
akamni saqlab qolishim mumkin
edi. Akamga donor topilganini
aytishdi. Biroz sevindilar. Oxirgi
oyda akam ancha qiynaldi.
Ayniqsa bolalarini körganida
boshqacha
ezilardi. Bildirmasada mendan
bekitolmaydi. Bir vaqtlar meni och
qolmasin, kiyimi but bölsin deb
yelib-yugurganida, kasal
bölib qolganimda kechasi b-n
boshimda bedor ötirib
chiqqanlarida nigohida shu
qörquv bor edi. "Akajon, siz hali
yashaysiz! Men bormanku.."
Nihoyat ösha tong otdi. Insholloh,
bu tong akamga yangi hayot ato
etadi. Men.. nasib qilgan bölsa
yashayman! Shifoxonaga kelsam
doktor akamni palatasi yonida
öychan turardi. Salomlashdim,
operatsiyaga tayyorligimni
aytdim. U: "Endi operatsiyaning
foydasi yöq" dedi. -Akangiz
olamdan ötdi,
bandalik uka, bardam böling..
Sovuq ter chiqib ketdi tanamdan.
Ötirib qoldim. Doktor akamni
kechagi bir kunlik dorisini
ichmaganligini, yarim tunda joni
uzilganini aytdi, qölimga qog'oz
tutqazdi. Yig'lab yubordim. Bor
ovozim b-n yig'ladim. Közimda
yosh b-n akamning sönggi
yozuvlarini öqidim:
"Ukaginam, sendan roziman.
Tugab bölgan odam u-n
hayotingni xavf ostiga
qöyishning keragi yöq. Yangang
va jiyanlaring senga
omonat. Xudo yor bölsin!" Akam
bilgan
ekan.. Eh, akajon! Sizga bir
martagina g'amxörlik
qilmoqchiydim. Sizni qanchalik
yaxshi körishimni
isbotlamoqchiydim. Qarang
akajon, baribir siz meni köproq
yaxshi körarkansiz.." (Real voqelik
asosida.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10
da möda ßölayotgan
yengicha stilda yozilgan
status kere marhamat
gösti bölin va tanlab
köchirvolin 40 ta eng
sara statuslar