uyg'onmayaptilar?" Jajji
bolakayning savoli shundog'am
siqilib turgan dadasining yuragini
ezdi. Ög'lini tizzasiga ötqazdida,
peshonasidan öpdi. "Oying
ög'lim, rosa charchagan. Endi bir-
necha kun uxlab, yaxshilab dam
olishi kerak" Bolakay indamadi. 5
yoshli bolakay onasining og'ir
kasalligini ancha oldin
fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi
körishga olib borganida, oyisi uni
quchib rosa yig'lagandi. Dadasi
oying tuzalib ketadi, keyin
shifoxonadan javob berishadi
degandi. Oyisi uyga qaytganida
bola oyim tuzalibdilar deya rosa
sevingandi. Öy-hayollari özidek
sof murg'ak bola oyisiga boshqa
sababdan javob berib
yuborishganlarini bilmasdi. Har
kungidek örniga yotarkan
bolakay osmonga qarab qölini
chözdi: "Oyimni tuzalishiga
yordam ber, Xudojon" Bir necha
kun ötgach tunda uyg'onib ketdi.
Pildirab koridorga chiqdi. Dadasi
balkonda sigaret chekib, kim b-
ndir telda gaplashardi. Bolakay
dadasining hamma gaplariga
ham tushunmadi-yu shu gaplar
orasidan operatsiya, katta pul
degan jumlalarni ilg'ay oldi. Bir
kinoda körgandi. Operatsiyada
doktorlar kasalni ukol qiladi,
keyin u tuzalib ketadi. "Oyimni
ham ukol qilishsa sog'ayib
ketadilar" öyladi bolakay. Örniga
qaytib yotarkan osmonga qarab
yana qölini chözdi: "Oyimni
tuzalishiga katta pul ber,
Xudojon" Bolakayning onasining
ahvoli kundan-kun yomonlashib
borardi. U esa buni bilmasdi. U
faqat dadasining ösha kungi
gaplarini öylardi:
operatsiya...katta pul... Oxirgi
kunlar bolani oyisining yoniga
kiritmay qöyishdi. U uyiga kelib-
ketayotgan köplab qarindoshlarni
jimgina kuzatib ötirardi. Dadasi
esa bolakayga pul tutardi: Ushla
ög'lim, borib muzqaymoq olib
ye... Bolakay onasining yaqinlari
b-n vidolashyotganini
tushunmasdi. Nihoyat uni
chaqirishdi. Oyisining yoniga olib
kirishdi. Közlari shishib ketgan,
oppoq choyshab yopingan köyi
chözilib yotgan oyisining yoniga
keldi. -Kel shirinim,- oyisining
hasta ovozi eshitildi,- aqlli bola
bölyapsanmi bog'chada? -Ha,
oyijon. -Yaxshi özimni
toychog'im... -Oyi, endi tuzalib
ketasizmi? -Hm...,-oyisi yig'lab
yubordi. -Menga yana ertak aytib
berasizmi? -Hm... -Sizni yaxshi
köraman... Eh, bolakay... Oyisi b-n
shunday sönggi marta gaplashib
turganligini qayerdan ham bilardi
u. Bog'chadan kelganida uyidagi
odamlarning köpligidan hayron
qoldi. Hamma bolakayni körib
köziga yosh olardi. "Ada oyim
uyg'ondilarmi?", dadasining
yoniga kelib söradi u. Dadasi
chökkalab ötirib ög'lining
közlariga boqdi: "Oying endi
uyg'onmaydi bolam,- keyin ög'lini
quchdi,- oying bizni tashlab ketdi.
Ög'il yaxshi tushunmadi, kissasini
shoshib kovladi-yu bir siqim
buklanib ketgan pullarni chiqardi:
"Ada, doktorlarga ayting, oyimni
ukol qilishsin, oyim tuzalib ketsa
böldi, men bitta ham muzqaymoq
yemayman, faqat ayting ada,
oyimni tuzatib berishsin...."
Ög'ilning peshonasidan öparkan
dadasining köz yoshlari uning
yuziga tomchiladi... Onasini
kömishdi. Tun chökkach örniga
yotarkan bolakay osmonga qölini
chözdi: Iltimos, oyimni menga
qaytarib ber, Xudojon.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 22
da möda ßölayotgan
yengicha stilda yozilgan
status kere marhamat
gösti bölin va tanlab
köchirvolin 40 ta eng
sara statuslar