chaqir ovozi sababli uyg'onib
ketdi. Közlarini ishqalab
kravatidan tushdi va ovoz
kelayotgan tomonga yura
boshladi. Uning
ota-onasi har kungidek özaro
janjallashishardi. Ular qizchaning
uyg'onganligiga ham e'tibor
berishmasdi. Ota-onasining
janjalidan qo'rqib, bir chetda
ularni kuzatib
turgan tört yoshli qizcha yig'lab
yubordi. Bir-birlarini turli odob
doirasidan tashqarida bölgan
so'zlar bilan
haqorat qilayotgan er-xotin
bolaga e'tibor berishmasdi:
- Siz men uchun nima qilib
qo'yibsizki, menga baqirasiz?
- O'chir ovozingni shallaqi, iflos,
bolangni olib yo'qol bu uydan.
Menga sen ham, bolang ham
kerakmas.
- Nima dediz? Hali
bolamni olib yo'qolaymi? Mayli,
ketsam, o'zim ketaman! Bu uyga
yolg'iz kelganmanmi, yolg'iz
ketaman!
Bola bitta meniki emas, tug'dirib
qo'ydizmi, tak shto eplab boqing
endi!
Ayol shunday dedida jahl bilan
xonasiga kirib ketdi. Xuddi shu
taxlit ota ham tashqariga chiqib
ketdi. Qizcha esa hamon yig'lardi.
U endigina to'rt yosh
bo'lsada, ota-onasiga kerak
emasligini, ularga ortiqchalik
qilayotganligini tushunib turardi.
Chunki deyarli kun ora shunday
janjallar yuz berardi. Qizaloq nima
qilishni bilmas, u ham
ko'chaga chiqib ketishni va uyga
hech qachon qaytmaslikni istardi.
Onasining yoniga kirmoqchi edi,
yo'qol ko'zimdan degan javobni
olgach nihoyat ko'chaga chiqdi.
Qizaloq qayerga borishni bilmas,
yagona biladigan joy narigi
mahalladagi buvisining uyi edi.
Qizcha buvisining uyi tomon
ketarkan öylardi: "Buvim meni
yaxshi ko'radi, meni haydamaydi,
agar uydan ketib buvimni yonida
yashasam, adam oyimni urmaydi,
oyim ham boshqa yig'lamaydi.
Men ularga yaxshi qiz
bölolmadim..." Shu
hayollar ichida ketayotgan
qizaloq
yonidan chiqib qolgan mashinani
sezmay qoldi. Qizcha yöl chetida
holsiz yotar, kichkina yuzlariga
yosh aralash boshidan qon
sizardi. Og'riq kuchli, qiz hatto
ovozini chiqarib yig'lay olmasdi.
Haydovchi mashinaga qattiq
urilgan qizaloqni qöliga kötarib
olarkan, qizcha unga qarab
achchiq jilmaydi, qon sizib
chiqayotgan kichkina lablari bilan
sönggi marta pichirladi:
"Rahmat amaki... Endi adam bilan
oyim
hech qachon urushishmaydi..."


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 18
da möda ßölayotgan
yengicha stilda yozilgan
status kere marhamat
gösti bölin va tanlab
köchirvolin 40 ta eng
sara statuslar