
kishi ko‘chadan yigirma besh
ming AQSh dollari miqdoridagi
pulni topib olibdi. Pul egasini
topish maqsadida, OAVga e`lon
beribdi, tanishlardan so‘rab-
surishtiribdi, lekin harchand
urinmasin uyiga qaytgunicha
ham pulning egasi topilmabdi.
Yurtiga qaytgach ham so‘rab-
surishtirishda davom etibdi.
Internet tarmog‘i orqali e'lonlar
beribdi, ammo bu ham foyda
bermabdi. Oradan bir yil o‘tgach
topilgan pulni o‘zi uchun
sarflashni harom deb bilgan bu
kishi, rafiqasi bilan
maslaxatlashib, pulning
hammasini beva-bechora va
kambag‘allarga tarqatib
yuboribdi. Oradan ko‘p o‘tmay
uyiga ikki yigit kelib, topib
olingan yigirma besh ming AQSh
dollarning egasi ekanliklarini
aytishibdi va pulni qaytarishini
so‘rashibdi. Buni eshitgan haligi
kishi nima qilishini bilmay,
to‘g‘risini aytsa ular
ishonmasliklaridan qo‘rqib,
Allohga tavakkal qilib, ertaga
kelishlarini iltimos qilibdi. O‘sha
kuni tuni bilan ibodat qilib,
Allohdan uni bu hijolatli holatdan
qutqarishini so‘rab, yig‘lab duolar
qilibdi. Tonga yaqin charchab,
ko‘zi uyquga ketib qolibdi. Tush
ko‘ribdi. Tushida Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam unga
qarab: - “Xafa bo‘lma ey
ummatim, sen qo‘shni
shahardagi Abdulloh ismli kishini
top va undan yordam so‘ra. U
sahovatli boylardan, senga albatta
yordam beradi va yana unga
shuni aytgin-ki, u mening chin
ummatimdir, u menga har kuni
tongda yuz marotaba salovat
aytishni o‘ziga odat qilib olgan”,
debdilar. Tongda turib, qo‘shni
shaharga borib, Rasulluloh
sollallohu alayhi vasallam aytgan
manzildan Abdullohning
xonadonini topib, uni chaqiribdi
va ichkariga kirishga izn so‘rabdi.
Ichkariga kirgach, u bilan
salomlashib: - “Meni sizning
oldingizga Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam jo‘natdilar”, - deb,
bo‘lgan voqeaning hammasini
aytib beribdi. - “Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam aytdilar,
siz u zotning chin ummati
ekansiz va har tongda u zotga
yuz marotaba salovat aytar
ekansiz” debdi. Buni eshitgan
Abdulloh xo‘ng-xo‘ng yig‘lab: -
“Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytgan odam siz
ekansiz-da, kecha mening ham
tushimga kirib, sizning
kelishingizni aytgan edilar, sizni
kutib turgan edim”, debdi.
Ikkalalari bir-birlarini quchoqlab,
bo‘lib o‘tgan voqeadan ta'sirlanib,
Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga bo‘lgan muhabbatlari
qalblarida jo‘sh urib, xo‘ng-xo‘ng
yig‘labdilar. So‘ng Abdulloh
uyidan ellik ming AQSh dollari olib
chiqib: - “Mana shu pulni
hammasini oling. Pulning yarmini
topib olgan pulingizni qaytarish
uchun, yarmi esa Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamga
bo‘lgan muhabbatingiz uchun
sizga hadya”, debdi. Haligi kishi
pulni olib uyiga qaytibdi.
Kelishilganidek pulning egalari
kelishibdi. U kishi pulni qaytara
turib, yig‘lab-yig‘lab ularga
bo‘lgan voqeani aytib beribdi.
Ular ham bo‘lgan voqeadan
ta'sirlanib, pulni olishdan voz
kechishibdi. Ular ham Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamga
bo‘lgan muhabbatingiz uchun
deb, pulni u kishiga hadya qilib
yuborishibdi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4
da möda ßölayotgan
yengicha stilda yozilgan
status kere marhamat
gösti bölin va tanlab
köchirvolin 40 ta eng
sara statuslar