
Cho'kib qolar baland bo'ylari, Ko'z yoshisiz o'tmas to'ylari, Xuvillaydi katta uylari, OTASINI BERIB QO'YGANLAR. Xumorlari tutgan pallada, Zo'rg'a turar joni tanada, Yig'lab yurar pana-panada, OTASINI BERIB QO'YGANLAR. G'am yuziga inib ketadi, Ota desang tinib ketadi, Bir zarb bilan sinib ketadi, OTASINI BERIB QO'YGANLAR. Ilinadi oshu-nonini, Bir ko'rishga berar jonini, Hidlab yurar bosh do'ppisini, OTASINI BERIB QO'YGANLAR.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев