___ Daryo, dengiz suvi oqaverarkan.
___ Qanchalik botqoqqa botmay desang ham
___ Shunchalik qattiqroq yutaverarkan.
___ Qilgan gunohingni yashirmoq uchun
___ Boshqa bir gunohni qilishing mumkin.
___ Shu sabab gohida bilib bilmasdan
___ Yolg'onlar to'qiymiz uzundan uzun.
___ Sen qancha yashirma Olloh ko'rguvchi,
___ Dilingda ne bo'lsa barin bilguchi,
___ Yaxshimi yomonmi barcha insonga
___ Bizlarga, Sizlarga hayot berguvchi.
___ Ko'p emas ma'noli umrni so'ra
___ Yetsa gar o'liming, topilmas chora.
___ Kam ammo mazmunli yashash avzalroq
___ Ko'p yashab behuda o'lgandan ko'ra.
___ Vaqt to'xtab qolmaydi sen xohlasang ham
___ Har onning qiymatin bilsayding har dam.
___ Zum o'tmay tugaydi umring poyoni
___ Yuz yil yashasang-da, tuyularkan kam.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 15