Nihoyat göshakdan uning ovozi eshitildi.
-Allо... -Аllо, jonim yaxshimisan? -Hа jonim, yaxshiman, öziz
yaxshimisiz? Nega telefoniz öchirilgan? Körishmaganimizga ham 7
oy böldi... (biroz sukut chökdi) Axir sog'indim sizni... -Мen ham
sog'indim, yaxshi yuribman. Seni juda körgim keldi. Yodingdami
senga bergan va'dam? Mana endi meni pulim köp... (Örtaga biroz
jimlik chökkach, bilinar-bilinmas yig'i ovozi eshitildi) -Аllо... Allо,
begim nega yig'layapsiz? Nima böldi? -Nargiz, meni sevasan-a? -Bu
nima deganiz? Sevaman albatta. -Bilaman, jonim agar senga
uylansam bir yosh bola ham biz bilan yashasin... Xöp? -Bu nima
deganiz? Kim u bola? -Men oltin konida ishlaganimda menga
madad bölgan bir bola. Faqat uning sochlari judayam kam, yuzi
sariqroq, husnbuzarlari köp. Eng yomoni og'ir kasal... Ishlagan
pullarimni shu bolani davolatishga sarflaylik? -Nima??? Bunaqa
isqirtni qayerdan topdiz? Hech qachon! Bolalar uyiga topshiring
yaxshisi. (Yana oraga sukut chökdi. Uzoq va dardli sukut...) -Tögri
aytasan, bunaqalarni joyi sen-u mening yonimizda emas. Yaqinda
yoningga boraman... Uchib boraman... -Мana endi özizga keldiz.
Men kutgan kunlar ham kelibdi. Nihoyat birga bölamiz. -Bilasanmi,
ancha boylik töpladim... -Vay, begim alohida uyda, mashina minib
yurarkanmizda. Mani oq limtzinda olib ketasiz... (Telefon qöyildi.
Qiz qaytib qilsa, öchirilgan...) 3 kundan keyin qizga xat keldi.
Коnvertda bir pachka dollar bir qancha alohida qon tomchilagan
dollar va xat bor edi. Qiz xafsala bilan xatni ochib öqiy boshladi:
Sen uchun shu olti yarim oyda oltin konida, tashqariga chiqmay
ishladim. Tashqariga chiqqanimda közlarim quyosh nurini xira
körardi. Bir haftadan keyin sochlarim tökila boshladi, keyin yuzim
eriy boshladi. Husnbuzalar toshdi... Qonim xuddi birov sörgandek
sörilardi... Kasalxonada oxirgi daqiqalarda ham seni öyladim, senga
bergan va'damni öyladim. Senga yuragimning bir parchasini, sönggi
qonimni yuborayapman. Mana endi sen aytgan ösha "isqirt" u
dunyoga ketyapti. Va'damni axiyri bajardim. Baxtli böl. Alvido


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6