
Qiz juda
chiroyli
edi. Boshqa
qizladan farqli ravishda
hayotga
özgacha nigoh ila qarardi. 19 yoshli sohibjamol qizni tabiiy
ravishda sevuvchilar ham
bisyor
edi. Lekin uni atrofdagi
yigitlar
umuman qiziqtirmas, qanaqadir özgacha bir sevgini kutardi.
Yuragining tub- tubidan uning
kelishini ham his etib turardi.
Bir
kuni darsga kelganida, partasining ustida turgan
qip- qizil atirgulni kördi. Gul
bandiga
biriktirilgan qog'ozchaga atiga
ikki jumla yozilgandi: "Hayot
gözal..." Negadir qizning lablarida
tabassum uyg'ondi... Keyingi kunlarda yana bir-ikki bor bu
holat takrorlandi. Qip- qizil
atirgul
va doimgi bir xil dastxat. Qiz bu
gullarning sohibi kim
ekanligiga judayam qiziqardi...
Kunlarning
birida qiz uyqudan uyg'onib, derazadan köchaga
qaradi va
birdan özgacha hayajonlanib
ketdi. Röparadagi dökonchaning
oppoq devoriga har xil
böyoqlarda katta qilib yurak shakli chizilgan, uning
ichiga
qiz
ismining bosh harfi yozilgandi.
Eng ajoyibi esa, surat tagiga
ösha sirli dastxat qöyilgandi:
"Hayot
gözal..." Qiz endi doim ösha
sirli yigit haqida öylardi. Uning
özini kuzatib yurganligini ham
yaxshi
bilardi. Odamlar orasidan
uning
qiyofasini axtarardi. Avvallari doim öychan yuradigan qiz endi
kulib, jilmayib yurar, bu
tabassumi uni yanada
jozibador
körsatardi. Qiz öziga
yuborilayotgan har bir gulni qöliga olib zavqlanar, chindan
unga hayot judayam gözal
körinardi. Bahor tonglarining
birida velosipedda sayrga
chiqqan qiz musaffo havo va
xiyobondagi yashil gözallikdan zavqlanardi. Lekin velosiped
g'ildiraklarini
harakatlantiruvchi
zanjir örnidan chiqib ketib, qiz
töxtashga majbur böldi. U zanjirni joyiga
örnatishga urinardi-yu buni hech
eplolmasdi.
- Balki yordamim kerakdir?
Qiz
yoniga kelib töxtagan velosipedli
yigitga qaradi. - Yöq, özim... - Mana bunday qilish kerak, -
yigit
qizning velosipedi zanjirini
örniga qöydi, - Ana böldi. - Rahmat! Qiz yigitga
e'tibor
bilan qaradi. Yigit böy- basti
kelishgan,
körkamgina yigit edi.
"Ayniqsa kulishi öziga juda
yarasharkan",-
öylardi qiz. - Arzimaydi. Yigit öz
velosipediga ötirib, qanaqadir
yoqimli kuyni xushtak qilib chalganicha qizdan
uzoqlashdi.
Qiz esa uning ortidan bir zum
termulib qoldi... Qizga atirgullar
kela boshlaganiga bir oydan
oshgandi. Lekin, qiz haligacha ösha sirli yigitning
kimligini
bilolmasdi. Shunday
kunlarning birida qiz u- bu ishlar bilan
ushlanib, judayam kechga
qolib ketdi. Aksiga olib havoning
avzoyi
buzuq, kuchli momaqaldiroq
bölayotgandi. Qiz taksi ushlash
maqsadida kollej yonidagi bekatga kelganida
allaqachon
öta
shiddatli yomg'ir
boshlangandi. Uyi yaqin-u bunaqa paytda
yolg'iz ketishga ham qörqib turgandi.
Kamiga bekatda hech kim
yöq,
osmonni qoplagan qop- qora
bulutlar atrofni yanada qorong'u körsatardi. Hammasidan
momaqaldiroqning vahimali
ovozi qizni chöchitardi. Shu
mahalda unga tanish, yoqimli
ovoz eshitildi: - Balki
yordamim kerakdir? Bu ösha tongdagi velosipedli yigit edi. Qiz juda
sevindi. Bu ösha yigitni yana
körganligi uchunmi yoki
boshqa
sababdanmi özi ham bilmasdi. Lekin yigitga
dilidagini aytmadi: -
Yöq, özim ... Yigit ham
jilmaydi: -
Yomg'ir hali- beri tinmaydi. -
Nima, meni mashinangizda uyimgacha kuzatib
qöymoqchimisiz? - Menda yaxshiroq fikr bor. Yigit
shoshib
qayergadir yugurib ketdiyu,
zumda qaytib keldi: - Xösh, qalay?
Qiz yigitning qölidagi oq va
pushti rangli soyabonlarni körib
jilmaydi. - Bahor oylarida
yomg'ir mahali piyoda yurish zavqli,-
dedi
yigit. Ular yonma-yon ketib
borisharkan, qiz öziga yuborilayotgan gullarning
sohibi shu yigit ekanligini öylay
boshladi. Buni tekshirib körish
uchun yigitga savol berdi: - Siz
yölingizda uchragan har bir
qizga shunaqa yordam qilasizmi? - Har
biriga emas ... hammasiga. Ular
kulishdi. Qiz uyi tomon
ketishayotganda ikki
tomonga
ketgan köchaning yigit qaysi tarafga burilishiga juda
qiziqayotgandi. Muyulishda
yigit
qizning uyi taraf burilgach, qiz
sevindi. "Bu ösha yigit", -
öylardi - Menimcha uyingiz shu tarafda
bölsa kerak. Chunki narigi
tarafda
shifoxona va boshqa binolar,
atiga bir-ikki xovli bor. Adashmasam tög'ri
ketyapmiz,- qizning fikrini öqigandek
javob
berdi yigit. - Ha, yaqin qoldi, -
xunob böldi qiz, - aytingchi, hayotni qanday
ta'riflaysiz? -
Menimcha bunaqa sharoit va vaqt
uchun noörin savol,- kuldi
yigit.
Ular qizning uyiga yaqinlashishgandi. - Buyog'iga
özim ketaman, sizga katta
rahmat. - Soyabon sizda qola qolsin, menga oq ranglisi
köproq
yoqadi. "Ey Xudo, - hayolidan ötkazardi qiz, -
mening pushti
rangni yoqtirishimni ham
bilarkan!" - Mayli xayr, - yigit ortga ön qadamlar tashlagach
qiz
uni töxtatdi: - Hey! Yigit ögirilib
qaradi. - Savolimga javob
bermadingiz. Yigit ösha
yoqimli tabassumida jilmaydi va
baland ovozda baqirdi: - Hayot gözal!
Qizning yuragi juda- juda tez
va
baland urardi. Qiz ayni damda
baland musiqa eshitayotgandek öz yuragining dukurini eshitib
turardi. U hayajonlanganidan
yomg'irni ham ilg'amasdi. U
tanish yoqimli musiqani
xushtak
qilib chalib ketayotgan yigitning ortidan qarab qoldi... Ertasi
kundan boshlab qizga negadir
gul kelmay qöydi. Qiz endi
juda
ham öychan bölib qoldi. U yigit
haqida kun-u tun öylardi. Xuddi
hozir balki yordamim
kerakdir,
deb paydo böladigandek tuyulardi. Lekin yigitdan
ham
atirgullardan ham darak bölmasdi. Shu bir- necha kun
ichida qiz özi bilmagan holda
yig'lab ham yuborardi. Ha, qiz
sevib qolgandi. Lekin buni hali özi
bilmasdi. Nihoyat bir kuni
ösha kutilgan ovozni eshitdi: -
Salom! -
Salom, - javob berdi qiz. - Biroz
aylanib kelmaymizmi? -
Bahor
oylarida yomg'irsiz havoda piyoda yurish ham zavqlimi? -
Albatta. Ular birinchi marta körishishgan xiyobonni
sayr
qilishdi. Qiziq mavzularda
suhbatlashishdi. Nihoyat yigit
qizga bir dona qip-qizil atirgul tutdi. Qiz gulni oldiyu uning
bandiga köz yugurtirdi. Qog'ozcha yöq edi. Savol
nazdida
yigitga qaradi. Yigit har
doimgidek kulib turardi. -
Mana u, - yigit qöllarini yozdi. Uning kaftiga böyoq bilan
ösha
dastxat
yozilgandi: "Hayot gözal..."
Keyingi
kunlar xuddi shirin tush kabi tez ötardi. Qiz yigit sevgi izhor
qilganidan keyin özi ham uni
sevishini anglab yetdi.
Chindan
ular u-n hayot judayam
chiroyli va zavqli körinardi. Qiz
qachonlardir
kutgan hayoliy röyo
haqiqatga
aylanganidan baxtiyor edi. Juda
ham chiroyli muhabbat edi bu...
Yigit rassom edi. Qizga juda
chiroyli tabiat manzaralarini
körsatardi. Qiz xuddi ertaklar olamiga tushib
qolgandek
baxt va
sevgidan sarmast yashardi.
Yigit
qizga portret sovg'a qildi. Qiz öz
suratiga qaradi. Judayam nafis
va chiroyli chizilgandi. - Nega
meni
bulutlar orasida turibman? Söradi
qiz. - Chunki sen mening
farishtamsan,- javob berdi
yigit. Har bir kuni gözal edi bu
sevgining... Lekin öshanda qiz hali
özini oldinda nimalar
kutayotganini bilmasdi... Kuz
kelgach, bir kuni ular odatiy
uchrashadigan xiyobonga yigit kelmadi. Qiz ancha vaqt kutdi,
xavotir oldi. Ertasiga yigit
bilan
körishganida yigitning
nimadandir xafaligini payqadi.
Yigit odatdagidek jilmayardi, lekin bu tabassum ortida juda ham
özgacha mahzunlik sezilardi. -
Nima böldi? - Hech narsa.
Kecha
unutibman, kechir azizam. Shuncha vaqtdan beri
atiga yarim
daqiqaga kechikmagan
yigitning
uchrashishlarini unutib qöyishi
mumkinligiga qiz ishonmasdi. Lekin ösha kuni u
hech narsa demadi. Keyingi kunlarda ular
yana odatdagidek vaqtlarini
xushchaqchaqlik bilan
ötkazishardi. Lekin qiz
negadir yigitning közlariga boqqanida
yashirin bir ma'noni sezardi. Yigitning doimgi tabassumi bu
sirni qiz bilib olishiga imkon
bermasdi. Yigit qiz bilan
köproq vaqt birga bölishga urinardi.
Soatlab yonma-yon
ötirardilar... Bir kuni qiz yana uzoq vaqt
xiyobonda yigitni kutib qoldi.
Yigitdan xabar bölavermagach
ketmoqchi böldi. Lekin shu
vaqtda uzoqdan yigit körindi.
- Salom, - dedi yaqin kelgach. -
Nega bunaqa yuryapsiz, oyog'ingiz og'riyaptimi? -
Ha,
jin
ursin, velosipeddan yiqildim.
Ular odatdagidek örindiqqa
ötirgan köyi, quyosh botishini
tomosha
qildilar... Ösha ondayoq
qizning
yuragi nimadandir öta g'ash edi. Balki, ösha kuni qizning
yuragi
yigit bilan shunday sönggi bor
yonma- yon ötirganliklarini
sezgandir... Ertasiga qiz
yigitning shifoxonada ekanligini eshitganida, karaxt bölib
qoldi.
Ming xavotir ila tezda yetib
keldi.
Uni yigitning yoniga qöyishmadi.
Bilsa, yigit juda og'ir kasal ekan.
Kechagi kun tongda kasali
xuruj
qilgan va kasalxonaga keltirishgan ekan. - Unga
yurish
mumkin emasligini aytgandik.
Lekin u kechroq
kasalxonadan qochib ketibdi. Mana oqibati. U
oyoqlarini his qilmaydi. Shol...
Qiz
titrab ketdi. Közlariga quyilib kelayotgan köz yoshlarini
töxtata olmasdi. Xamshiraning sönggi
gaplari öta dahshatli ovoz
bölib,
qizning quloqlari ostida
jaranglardi: U oyoqlarini his qilmaydi... Shol... Yigit uyg'ongach
qiz uning yoniga kirdi.
Yigitning
ahvolini körib, battar siqildi. U
yig'lardi, yigit közlarini
shiftga tikkancha gap boshladi: - Bilasanmi, seni birinchi marta
körganimda maktabda 7- sinf
eding. Öshanda pushti lenta
taqvolganding... Yigit biroz
tin olgach davom etdi: - Biram
chiroylisanki... Sen bilan juda shirin hayot kechiraman deb
öylagandim... Buni qara,
baribir
peshonaga yozgani bölarkan... -
Bas qiling! Qiz köz yoshlariga
erk berdi. Juda ham ezilib
yig'lardi. -
Yig'lama. Beri kel, muhim bir gap
aytaman. Qiz yigit aytgandek
qildi.
Yigit qizning yuzini silagancha shunday dedi: - Qachon
hayotda nimadandir siqilsang, kimnidir
sog'insang, köz yoshlaringni
mana bunday qilib sidirib
tashla,
- yigit barmoqlari bilan qizning közlaridagi yoshni
artdi,-
Chunki
hayot gözal... Qiz shu kuni
tongga
qadar yig'ladi. Ösha tunda u yigitni qanchalar sevishini tushundi.
"Men baribir
umrbod u
bilan qolaman",- qaror qildi
qiz.
Ertasiga shifoxonaga kelgan
qiz yigitni topolmadi. Unga yigitni
tongda Germaniyaga olib
ketishganligini aytishdi. Qiz
holsiz
devorga suyanib qoldi. Uning boshida million xil
hayollar aylanardi. Nega? Öylardi u.
Shu
mahalda unga bir xamshira
qip-
qizil atirgul keltirib berdi. Qiz yigit
bergan sönggi gul bandidagi qog'ozchani titragan qöllari
bilan
arang ochdi. Unda shunday
yozilgandi: " Bilasanmi, doktorlar
mening tirik qolishimga
deyarli umid yöq deyishdi. Insult
xavfi
kundan- kun oshib borarkan. Sen
meni baribir tashlab
ketmasding.
Men esa sening judayam baxtli
bölishingni istayman... Men juda
uzoqqa ketyapman. Bilasan-a,
seni judayam sevaman. Agar
sen
ham meni zarracha sevsang, ötinaman, men uchun ham baxtli
hayot kechir. Sira ham
yig'lama.
Yig'laganingda meni yuragim
og'riyotgan böladi.
Kelishdikmi? Men uchun esa baribir hayot gözal. Ehtimol, ertaga
uyqudan
uyg'onmasman, lekin
hayotim
juda gözal. Chunki unda sen borsan..." Qiz
maktubni quchganicha juda uzoq
yig'ladi...
Qiz ikki yil yigitning xotirasi
bilan
yashadi. Keyin yigit aytganidek
yashashga harakat qildi. Bir yigitga turmushga chiqdi.
Ammo
uning hayollari tubida hamon
eski xotiralar hukmronlik qilardi.
Har lahzada uni yod qilib
yashardi. Ög'illik bölganida, unga
yigitning ismini qöydi... Taqdir
qizga hali ancha sinovlarni tayyorlab qöygan ekan.
Farzandi
tug'ilgach köp ötmasdan, eri
avtohalokat tufayli dunyodan
köz yumdi. Qiz tag'in köz yoshlari
tubiga g'arq böldi. 4 yil vaqt
ötib
ketdi. Endi qizning hayotdagi
bori ög'li va xotiralari edi. O'g'lini bog'chaga kuzatib
qo'ygach,
qiz
bir vaqtlar yigit bilan
uchrashuv
joyi bo'lgan xiyobonga keldi. Uzoq ötirdi. "Hayot gözal" deb,
kulib turadigan yigitning
qiyofasini köz oldiga keltirdi.
Oradan shuncha 8 yil ötgan
bölsada, uning muhabbati bir
qatra bölsin, kamaymagandi... Uyga kelgach, yuragi
sog'inchdan
boshqacha urayotganligini his
qildi va özi "shirin xotiralar"
deb
ataydigan qutini ochdi. Özining portreti, ösha pushti zontik,
dastxatlar... Hamma-
hammasini
bir-bir körib chiqdi. Uyga kirib
kelgan ög'il oyisining yig'layotganini kördi. U sekin
oyisining yoniga keldi. - Oyi, qachon hayotda nimadandir
siqilsangiz, kimnidir
sog'insangiz,
köz yoshlarni mana bunday sidirib tashlang... Qiz
köz
yoshlarini artayotgan ög'liga hayrat bilan tikilib qoldi. -
Buni
kim... kim aytdi? - Bir amaki
oyingni sira ham yig'latma dedilar, rasm chizishni
ham
örgatdilar. Qizning yuragi qachonlardir yigit yomg'irli
kechada "Hayot gözal"
deganidagi kabi zarbli urardi.
"Nahotki u tirik bölsa?" Qiz tonggacha mijja
qoqmadi.
Allohdan umidlari puch bölib chiqmasligini söradi. Ertasi
kun
bog'chaga borib, rasm
murabbiyini söradi. Uni bir xonaga kuzatib
qöyishdi.
Xonaga kirgan qiz burchakda turgan
yangi chizilgan suratni tanidi.
Qachonlardir tongda
uyg'onganida dökoncha devoriga
chizilgan yurak shakli edi bu.
Qiz judayam hayajonlanardi. -
Balki
yordamim kerakdir? G'alati ovoz,
qiz 8 yil kutgan ovoz eshitildi.
Ögirilganida qarshisida ösha
rom qiluvchi tabassumi bilan yigit
turardi... Yigitni Berlinda 3 yil davomida
davolashgan, keyin
2
yilga yaqin nogironlik
aravachasida yashagan, nihot keyin butunlay sog'ayib
ketgandi. Ular ancha vaqt bir- birlariga
termulib qoldilar. Qizning
sakkiz
yil oldingidek chiroyi
yigitning ösha vaqtlardagidek jozibador
tabassumiga qarshi turardi.
Qiz
shu yillar ichida ilk marta
sevinganidan yig'lardi. Yigit
qizga yaqin keldi. - Qachondir nimadandir siqilsang, kimnidir
sog'insang, köz yoshlarni
mana
bunday sidirib tashla...
Keyingi jumlani ular baravariga
aytishdi: -
CHUNKI HAYOT GÖZAL...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4