Предыдущая публикация
Quyoshsiz yashashga
o’rganib qoldim,
Ko’nikdi oyga ham
shamstalab
ko’zim.
Senga baht tiladim, sen
esa- menga,
Toqatlar tiladim
o’zimga o’zim.
Tasbeh ayta-ayta
charchadi
sog’inch,
Sajdaga bosh qo’ydi
toliqqan yurak.
Shu dam azroyildek jon oldi hijron,
Endi arvoh kabi kezadi tilak.
Lekin men
tirikman, xavotir olma,
Umid uzganim yo’q
hayot yulimdan.
Sensiz yashamoqni
o’rgandim,demak,
Senni sevmay yashash
kelar qo’limdan.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев