
O'zni topmay sarsonman
Man shunday bir odammanki
Gox u, gox bu tomonman
Man shunday bir odammanki
Bir yaxshi, bir yomonman
Man shunday bir odammanki
Ne sababkim omonman
Man shunday bir odammanki
Rostim bor, lek yolg'onman
Man shunday bir odammanki
Dard bog'iga bog'bonman
Man shunday bir odammanki
Yo'lga chiqqan karvonman
Man shunday bir odammanki
Manzil bilmas sarbonman
Man shunday bir odammanki
Yurakka dard solg'onman
Man shunday bir odammanki
Shu gard birla qolg'onman
Man shunday bir odammanki
Qaro yerday osmonman
Man shunday bir odammanki
Gul ko'ringan somonman
Man shunday bir odammanki
Yondirar saratonman
Man shunday bir odammanki
Sovuq qish qaxratonman
Man shunday bir odammanki
O'zni kutar qopqonman
Man shunday bir odammanki
Xech otilmas vulqonman
Man shunday bir odammanki
Xech to'zg'imas bo'ronman
Man shunday bir odammanki
Tinchiy olmas to'fonman
Man shunday bir odammanki
Zug'umkor mexribonman
Man shunday bir odammanki
G'am qasriga sultonman
Man shunday bir odammanki
Topilmas xar zamon man
Man shunday bir odammanki
Nechun tirik hamon man
Man shunday bir odammanki
Tomchiga zor ummonman
Man shunday bir odammanki
Aniq, ravshan, gumonman
Man shunday bir odammanki
Javobi yo'q so'rovman
Man shunday bir odammanki
O'z yoriga birovman
Man shunday bir odammanki
Boshlanmagan tamomman
Man shunday bir odammanki
Adog'i yo'q davomman
Man shunday bir odammanki
Goxi dard, gox darmonman
Man shunday bir odammanki
Kimlargadir armonman
Man shunday bir odammanki
Sarg'aymagan xazonman
Man shunday bir odammanki
Ko'ngli yarim insonman
Man shunday bir odammanki
Tingan qo'zg'olonman
Man shunday bir odammanki
G'ishtlari hom qo'rg'onman
Man shunday bir odammanki
Jimjit shovqin suronman
Man shunday bir odammanki
Egasi yo'q Turonman


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев