
O'qing : O'ylang ...!
Agar muntazam ravishda olam
haqida biror yangi va g'aroyib
narsalarni bilishga harakat
qilsangiz, unda quyidagi
qiziqarli faktlar aynan siz uchun.
Bu yerda siz koinot, inson
anatomiyasi, hayvonlar va
sayyoramizdagi hayot haqida
qiziqarli narsalarni bilib olasiz.
1. Ko'pi bilan 10 kishi muloqot
qiladigan 500 dan ortiq til mavjud.
2. 2022 yili bo'lib o'tadigan
futbol bo'yicha jahon
chempionatining finali hali mavjud bo'lmagan Lusail shahrida o'tkaziladi.
3. NASAning vertikal yig'ilgan binosi shu darajada kattaki, uning ichida ob-havo
sharoitlarini, jumladan yomg'ir bulutlarini ham kuzatish mumkin.
4. Shaxmatda ehtimoliy
partiyalar soni biz ko'rayotgan
Koinotdagi atomlardan ham ko'proq.
5. Aleksandr Makedonskiy 22
yoshida dunyoning yarmini bosib olgan.
6. Kun davomida Hindistonning
Mumbay shahri havosidan nafas
olish 2,5 quti sigareta chekish bilan barobar.
7. Siz bu gapni o'qiyotgan
paytingizda 25 000 000 ta hujayra nobud bo'lishga ulgurdi. Biroq bugun tanangiz 300 milliarddan ziyod yangi hujayralarni ishlab chiqadi.
8. Yer yuzidagi chumolilarning
birgalikdagi og'irligi
sayyoramizda yashovchi odamlarning birgalikdagi og'irligiga teng.
9. Har bir kishini kuniga zarur bo'lgan 2720 kaloriya bilan ta'minlash uchun Yer yuzida yetarlicha mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
10. Ko'k kitning yuragi
“Volkswagen Beetle”
avtomobilining o'lchamiga teng,
uning aortasi esa shu darajada kattaki, undan hatto odam ham
emaklab o'tishi mumkin.
11. Inson miyasidagi qon tomirlarining uzunligi 160 000
km dan ortiq bo'lib, u Yer yuzasini to'rt marta aylantirib o'tishga yetadi.
12. Oyoq kaftida 250 000 ta ter chiqaruvchi bez joylashgan.
13. Siz bir chashka qahvani tovush energiyasi bilan isitishingiz mumkin, buning uchun unga 8 yil, 7 oy va 6 kun
davomida qichqirishingiz kerak bo'ladi.
14. Agar ko'zlardagi gavhar olib
tashlansa, ultrabinafsha nurlarni
ko'rish mumkin.
15. Agar qutb ayig'ining jigarini yesangiz, A vitamini ko'pligidan
nobud bo'lishingiz mumkin.
16. Axborotga ishlov berish uchun inson miyasiga qariyb 80
millisoniya vaqt talab etiladi. Bu
biroz o'tmishda yashashimizni
anglatadi.
17. Har bir inson quloqlarini qimirlata olish qobiliyati bilan tug'iladi. Agar o'zingizdagi bu
qobiliyatni kashf etmasangiz,
unda quloq qimirlashi uchun javob beruvchi mushak nobud
bo'ladi..


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2