ayblama, gulim,
"Mehringiz qattiq”,-deb
Solma yuzimga.
Toshga qiyoslama
tirik vujudim,
To’r solma
har kuni bosgan izimga.
Shirin o’ylaringni
qilma dasturhon,
Bu taom tuyular
misoli zaqqum.
Ko’zlaringga qarab
eziladi jon,
Sen-la qololmayman.
yo’q bunga haqqim!
Vijdonim yo’l qo’ymas,
qalbim qiynalar.
Dardim qanchaligin
bilmaysan, gulim.
Pichoqsiz so’yilar,
tig’siz tirnalar,
Ipsiz osiladi
notavon dilim.
Bo’ldi.
Ketayapman.
Umidingni uz!
Bir narsa to’siqdir
pok niyatingga:
Ko’ksimda ilk sevgim
yashaydi hanuz.
Men loyiq emasman
muhabbatingga.
OSHIQLAR SARDORI
Bulbullar ichinda tinmas
zabonman,
Hamon yoningdaman,
tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o‘n mingta
bo‘lsa
Bilgilki alarning sardori
menman.
Qo‘llarim istagi tutmoqlik
qo‘ldan,
Istagim totmoqlik labdagi
boldan,
Oshiqlaring kelsa gar mingta
yo‘ldan
Bilgilki eng avval kelgani
menman.
Sevgiga sodiqlik shartini
qo‘ysang,
Shartni bajarmas deb,
yoningdan quvsang,
Agar o‘n mingtadan yuzta
qoldirsang
Bilgilki yuztadan bittasi
menman.
Keksalik degan so‘z joy olsa
dildan,
Yigitlik quvvati ketsa ham
beldan,
Har kun gul olsang sen gar
o‘nta qo‘ldan
Bilgilki eng avval gul tutgan
menman.
Falak falakligin qilsa nogahon,
Sendan yuz o‘girsa hatto keng
jahon,
Oshiqlardan qolsa bir nafar,
inon
Qolgan shu oshig‘ing bilgilki
menman.
Ko‘zlaring bemahal yoshlarga
to‘lsa,
Agar dushmanlaring
ustingdan kulsa,
Oshiqlaring agar hech kelmas
bo‘lsa
Marhum ul Rasul Hamzat
bilgilki menman.
Bulbullar ichinda tinmas
zabonman,
Hamon yoningdaman,
tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o‘n mingta
bo‘lsa
Bilgilki alarning sardori
menman.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5