Qalbingizga jonim yetkazdim ozor.
Aytmoqqa tayyorman o`zga bir so`zni,
Mehrli ishq so`z mendaku bisyor.
Bo`yningizdan quchib, hohlang cho`kib tiz
Pushmonligim takror - takror aytaman.
Sizni sevmadim - ku jonim men bejiz,
Ho`p deng qalbingizga yana qaytay man.
Sizsiz yashamoqlik ko`p dushvor, o`lim,
Qalbingizni nogoh tirnab qo`ydimmi?
Garchand, ishq - hayotdir, gohida zolim,
O`zimni pichoqsiz o`zim so`ydimmi?
Suyaksiz til derlar, avf eting jonim,
O`ylamay aytilgan bitta so`zimni.
Yo`qsa kuyib ketar qalb - honumonim,
Sizga insof bersin, menga to`zimni.
Yomon so`z aytmadim, aytganim aytay,
Sizdan o`rganganim edi - ku so`zlar.
Sevgimiz hurmati qalbga men qaytay,
Yo`qsa yolg`izlikdan bu yurak bo`zlar.
Toptang, haqoratlang, roziman yorim,
Shu bilan humordan chiqsangiz shodman,
Sizsiz hayot yo`qdir, siz yo`g`u borim,
Sizsiz qalbi kemtik, bahtsiz noshodman.
Faqat ketmang jonim, meni yig`latib,
Qalbim ko`zgusini sindirib chil -chil.
Olib keting meni, qo`ymang bo`zlatib.
Sizsiz yashamoqlik o`lim - ku ahir!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1