
Kim uchundir yonar, kim uchun kuyar.
Kimsiz yasholmaydi, kimlardan tonar.
O‘zgachun o‘zgani qilmang hech so‘rov!
Birovning go‘riga kirmaydi birov!
Kimnidir yegani novvotu - asal,
Kimlardir soppa - sog‘, kimlardir kasal,
Kim sarson - sargardon, kimlarda amal,
Demang men piyoda, u mingan ulov!
Birovning go‘riga kirmaydi birov!
Kimlar kimni sevar, kimdir kimga zor,
Kimda hech vaqo yo‘q, kimda bari bor,
Kim g‘ururin sotgan, kimda faqat or,
Kim qasrlar begi, kimdadir o‘tov!
Birovning go‘riga kirmaydi birov!
Kim o‘ttizda ketgan, kim yuzda yashar,
Kimga baxt yoqmaydi, g‘amlar "yarashar",
Bandasiga faqat Xudo qarashar,
Unutmang dunyoni bo‘lgani sinov!
Birovning go‘riga kirmaydi birov!
Har qanday og‘irning bir yengili bor,
Kimning bag‘ri kengdir, kimning ko‘ngli tor
So‘lgan atirgulning, gullamog‘i bor
Gullar ochiladi, ketsa qor qirov,
Birovning go‘riga kirmaydi birov.
Hamma o‘zi uchun, javobgar o‘zi,
Amalin olgaydir har aytgan so‘zin,
Gunoh-u savobni ko‘rmasa ko‘zi,
Ne qilsa mayliga o‘ziga siylov!
Birovning go‘riga kirmaydi birov,
Kimda mehr bisyor, kimda jaxolat,
Kimdadir tabassum, kimda vajoxat,
Kimdadir baxillik, kimda saxovat,
Kun kelib bariga, to‘laydi "to‘lov"
Birovning go‘riga kirmaydi birov!
Kimdir shodon kular, kim unsiz yig‘lar,
Kimlardir dod solib, bag‘rini tig‘lar,
Unutmang o‘tkinchi har qanday chog‘lar,
Qiynalgan chog‘ingiz eslangiz birrov!
Birovning go‘riga kirmaydi birov
Kimdir tavba qilib gunohdan qaytdi,
Kimlar rost o‘rniga yolg‘onlar aytdi,
Bari haqiqatdir, yo‘q bunda aldov!
Birovning go‘riga kirmaydi birov...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев