ZULMAT
(mistik-triller)
1-fasl
Qasos
5-qism
Yangi yil oqshomi
Butun qishloq dahshatda qoldi. Hamma vahima ichida. Qishloqda ikki kunda ikkita o'lik chiqdi. O'zini o'zi osibdi, yoki o'zini o'zi yoqibdi deganda ham bunchalik dahshatga tushmagan bo'lardi. Ikkita o'lik ikkalasi ham vahshiylarcha o'ldirilgan. Qotil hamon qishloqda. Ustiga ustak yongan qor vahima ustiga, vahima uyg'otdi. Qishloqqa katta eshon chaqirib mol so'yib yubordi. O'ylashdiki bu bilan qishloqdagi iblis ketadigandek. Ammo u hali o'ljasini poylab yotardi.
Elyor xonada asabiy bo'lib ustma-ust sigaret chekardi. Bir qishloqda ikkita qotillik. Qotil esa hamon ozodlikda. Barcha urinishlar besamar ketdi. Ammo qotil profissional qotil emasdi. Undan barmoq izlari va ashyoviy dalillar qolib ketmoqda. Hattoki ularni yashirishga ham urinmayapti. Qotilning kimligini hamma biladi ammo qotilning o'zi yo'q. Tepadagilar ham tarang qilishyapti. Go'yo men qotil qo'limda ularga bermayotganimdek. So'nggi qotillikda qolgan pichoqni ekspertizaga olib borishdi. Hayratlanarli tomoni pichoqda qon emas qandaydir qora modda qolgandi. Elyor Sharipov sigaret qoldig'ini kuldonga tashladi. Yangi sigaret tutata boshladi. Yerda yongan qon. Umri bino bo'libdiyu bunday hodisani ko'rmagand4. Qonning yonishi kecha vampirlar haqida film ko'rgandi. Unda vampirlar quyosh chiqishi bilan yonib ketardi. Tavba bu ham vampirmi hayolidan o'tkazdi.
Kunlar ketidan kunlar o'tdi. Vahima bosilmadi. Yaqinda ketma-ket yoqolgan ikki qo'y va bo'g'izlangan jasadlari. Yara ustiga olov ustiga kerosin sepgandek bo'ldi. Qishloqdagi har kungi militsiyalar va tergov hammaning joniga tekkandi. Qishloqdagi ikkita qotillikdan so'ng qotillik bo'lmadi.
Qishloqqa yangi yil kirib keldi. Bu yilgi bayram qishloqqa tatimadi. Har yilgidek o'yin kulgi, baqir chaqirlar bu yil yo'q. Kimdir o'zining uyida, yana kimdir do'stlar davrasida kutib olmoqda. Odil ham do'stlari bilan bugun ziyofatda o'tiribdi. Bayram un ketma-ket tilaklar va ichishlar hammasini kayfi oshib qnlgandi. Odil telidagi soatga qaradi. Qaytadigan vaqt bo'libdi.
-do'stlar ziyofat zo'r bo'lyapti. Endi ziyofatni uyda oila davrasida davom ettiraylik. Ko'pchillik uning fikrini maqulladi. Dasturxonga omin qilishgandan so'ng hamma uy uyiga tarqala boshladi. Odil Eson va Malik bilan azaldan do'st birga katta bo'lishgan. Bir ko'chada ulg'ayishgan. Bugun uchalasi birga keta boshladi. Ko'chasiga burilgandan so'ng bir qora sharpa yonida paydo bo'ldi. Malik ovozi titrab. Kayfi uchib ketdi.
-sen Jasur sen.
-silarni yangi yil bn tabriklagani keldim. Har doimdek sovuq jilmaydi.
-sen rostdan ham- Eson og'iz juftladiyu ammo jim bo'lib qoldi.
-ha to'g'ri topdinglar men rostdan ham qasos olishga keldim. Necha yillardan beri yangi yil menga tatimaydi. O'sha voqeadan so'ng. Ha bularning hammasi un javob berasilar. Odil sekin burilib ketmoqchi bo'lgandi. Jasur qo'li bilan o'ziga tortdi.
-qayoqqa qochyapsan gapimiz hali tugamadi.
-men shunchaki chetga o'tmoqchiydim.
-ishtoninga ho'llab qo'yishdan qo'rqdingmi. Jasur jahl bilan o'ziga tortdi. Odilning yuzi ter oqardi. Malik endi qochmoqchi bo'lib turgandi. Jasur tezlik bilan qo'ynidan bolta chiqarib uning o'ng oyog' tizzasiga urdi. Chunonam qattiq urgandi. Tizzadan pasti yerga tushib ketdi. Eson yigima metrlar chamasi uzoqlashgandi. Jasur otgan bolta uning soniga kelib urildi. Odil dahshat ichida shimini ho'llab qo'ydi. Jasurning chap qo'lida hamon Odilni ushlab turardi. Odil tinmay baqira boshladi. Jasur uning o'ng qo'lini tirsakdan pastini vaxshiylarcha uzib oldi. Jasur sovuq ohangda:
-yangi yil bilan dedida. Zumda g'oyib bo'ldi.
#zulmat

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6