Rossiya Ichki ishlar vazirligining TASS axborot agentligiga ma’lum qilishicha, so‘nggi olti oy ichida 398 nafar shaxsning Rossiya fuqaroligi bekor qilingan. Fuqaroligi bekor qilingan shaxslar sobiq migrantlar bo‘lgan.
Olti oy avval Rossiya fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritilgan edi (ч. 1 ст. 24 ФЗ «O О гражданстве Российской Федерации»).
O‘zgarishlarga ko‘ra Rossiyada 64 ta modda bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilganlarning fuqaroligi bekor qilinadi. Ular orasida terrorizm, ekstremizm, ularni moliyalashtirish, yordamlashish, konstitutsion tizimga tajovuz kabi moddalar bor.
Xulosa qilish mumkinki, Rossiya fuqaroligini olish bir kun kelib uning bekor bo‘lmasligini kafolatlamaydi. Ya’ni fuqarolik rasmiylashtirgach ham migrantlar tenglik prinsipiga asoslangan munosabatga erishmasliklari, kelgindidek tahqirlanishi va eng yomoni, kutilmaganda fuqarolikdan chiqarib yuborilishi mumkin ekan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 57
Иккинчидан фукороликни олиш у ватани уша ер болиб колади деганимас!!! Менда Россия фукоролигидан ташкари яна иккита давлат фукоролиги бор. Мен танишларимда 5 тадан фукоролик бор...
Сизни фикризча уларни ватани 5 давлат боладими ушанда озгина тушунча нотугри Она ватан битта, у хеч качон сотилмеди и алмаштирилмеди!!!!
Сиз хам шундай патриотсизда а?