24 aprel kuni Sankt-Peterburg shahri deputatlari tug‘ilgan chaqaloqlar uchun kerakli buyumlar jamlanmasini sovg‘a tariqasida berish bo‘yicha qonunni qabul qildi. Unga ko‘ra sovg‘a olishni istamagan ota-onalar 15 ming rubllik suyunchi pulini olishlari mumkin bo‘ladi. Qonun birinchi o‘qishda qabul qilingan.
Peterburgda sovg‘a berish taxminan 1-avgustdan boshlanishi kutilmoqda. Sovg‘a berish talablari oddiy – ota-onalardan biri Sankt-Peterburgda vaqtinchalik bo‘lsa ham ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Hozirgi kunda tug‘ilgan chaqaloq uchun sovg‘a berish an’anasi Moskva shahri va Moskva oblastida mavjud. Bu hududlarda sovg‘alar qiymati 20 ming rubl. Buyumlarni olishni istamaganlar pulning o‘zini olishlari mumkin. Suyunchi puli hammaga, jumladan Moskvada farzandini dunyoga keltirgan migrantlarga ham beriladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5