
Ko'nglim xuvillagan mozor dadajooon.
Dunyo kengaydimi ayting siz o'lib
Sizsiz ko'rgan kunim ozor dadajooon...
Tilsiz tabiyatga sig'inish azooob
Sizni kechayu-kunduz sog'inish azooob.
Boshim silar qo'l yo'q ovunish azooob
Sizsiz qanday yashay zor-zor dadajooon...
Hovlim rayhonlarin silab sizladim
Bo'yida tentirab bo'yiz izladim.
Yig'lamayman dedim ammo yig'ladim
Sizsiz tunlar mudroq,bedor dadajooon...
Qonimni sörarkan ishonganlarim
Poyimni qirqarkan suyanganlarim.
Gohida jigar ham bo'larkan g'anim
Sizsiz yashamoq ne darkor dadajooon...
Dadasi borlarga havasim ortar
Havaslar qalbimda hasat uyg'otar.
Yoningizga chorlang,baas endi yetar
Sizsiz yer ustida ne bor dadajooon...
Qabringizga borsam jonim qaxshaydi
Yetimlik qaqragan chölga o'xshaydi.
Yetimlar chin dildan yashnab kulmaydi
Sizsiz ming quvonchlar bekor dadajooon...
Otasi yo'qlarni Alloh yo'qlasin
Onasin boshida omon saqlasin.
Onalar farzandin mehrin oqlasin
Nasibmi JANNATDA DIYDOR DADAJOOON


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9