Предыдущая публикация
Hammasini sotib olaman
Oqibat bor ostonasiga
Kerak bo'lsa yotib olaman
Narxi qancha mehrni ayting
Olib beray mehrsizlarga
Yopmasa bas yuzimga eshik
Ulashaman qalbi muzlarga
Narxi qancha mehrni ayting
Bering yetim gudaklar uchun
Ko'zlarida o'kinchmi ilinj
Odamga zor yuraklar uchun
Narxi qancha mehrni ayting
Olishimga bormi qarshilar
O'zimga ham kerakdir biroq
Ilinaman sizga yaxshilar
Narxi qancha mehrni ayting
Bormi axir uning bahosi
Mehringizga bo'lay xaridor
Biz hammamiz MEHR GADOSI


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3