
Seni kutmoqdaman har bir soniya,
Yig‘loqi dilimni ko‘ndira olmay.
Yurakka ishqingdan qurilgan uya…
Ojizman bu ishqni so‘ndira olmay.
Qancha sitamlaring, azoblaring bor,
Qanchalar makringga o‘rading meni.
Men senga jonimni tutsam xam dildor,
Qachon sen o‘zimdan so‘rading meni…
Munchalar ojizman, muncha notovon,
Munchalar o‘zingga sevdirding meni.
Munchalar yaxshisan, munchalar yomon,
Shoh bo‘lib amringga ko‘ndirding meni.
Seni sevmay yashash eng buyuk orzum,
…Baliqlar osmonda qoqsalar qanot.
Seni sevish degan bu buyuk tuyg‘um,
Hayotimni hayot qilgan bir hayot…
Charchayman, tolaman o‘ylar dastidan,
Achinib ketaman sho‘rlik yurakka.
Davo yo‘q sen yorning shirin vaslidan –
Bo‘lak bu dardimga, sen davo yakka…
Xijronlarni endi tanobini tort,
Armonlar bo‘ynini qayr sevgilim.
Shu buyuk sevgimning haqqidan murod –
Ishqqa qil men bilan sayr sevgilim.
Qandoq chiday endi firoqlaringga,
Ortiq jon toqati qolmadi gulim.
Meni tashlab ketma yiroqlaringga,
Kel, mangu bag‘rimda qolgin sevgilim.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев