
** ONAM YIG'LADI **
Gar qorni och qolsa bolam yig'ladi.
Bir kun hol so'rmasam lolam yig'ladi.
Och qolib bir o'zi qolsa osh yemay.
Boshimga ish tushsa onam yig'ladi.
Bu dunyo berahm, dunyo bag'ritosh.
Ko'nglimni kul qildi ne bir qalamqosh.
Indamay jim turib durday to'kib yosh.
Hol so'rab holsizim onam yig'ladi.
Azoblar berdilar jonimni olib.
Kuldilar holimni har kuyga solib.
Ketmasdan har kecha yonimda qolib.
Bosh silab bedorim onam yig'ladi.
Yor ketdi bolamni urib yetaklab.
Qo'shnilar gap qilar etak-etaklab.
Yurarga yuz qani qoldim emaklab.
Tur deya qo'l tutib onam yig'ladi.
Gunohim ko'pmidi, yoki bu sinov.
Hech kimsa yo'qlamas hol so'rmas birov.
Bellari bukilgan sochlari qirov.
Entikib bolam deb onam yig'ladi.
O'ldim-u unutdi yaqin deganim.
Borimda borimni maqtab yeganim.
Onajon yig'lamang shodlanar g'anim.
Qabrimga gul ekib onam yig'ladi.
Onamdek qadrimni hech kim bilmadi


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5