
Sarg‘aygan yaproqmi ishqning timsoli?
Yo‘q, aslo! Muhabbat moddiyat emas.
Qalbning bahori u, dilning gulzori,
Odamzod “har balo o ‘zimdan” demas.
Jo‘ngina tuyg‘uni burkab nelarga,
Hayotin izidan chiqarar inson.
So‘ng yig‘lab, jar solar “bor qilgulikni –
Dilimga soldi-da betavfiq shayton.”
Xasratlar changidan bugun gardlarga,
Ko‘mib tashlayapmiz ma’sum tuyg‘uni.
Qurum bosib ketgan chirkin qalb ila
Sotib olayapmiz boshga qayg‘uni.
Odamlar! Soddaroq yashasak balki,
Anglab yetarmidik ishqning aslini.
Samimiy, pokiza hislarga yo‘g‘rib
Obod etarmidik Odam naslini?!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1