Nega ko'nglingizga qo'nibdi g'ubor, Yoki xomush bo'lish zamon zaylimi? Sizdan kichikkina iltimosim bor, Bir shirin tabassum qiling, maylimi? Faromush o'y surib, o'rtanmay g'amda, Yashamoq kerakkan yorug' olamda. Hech nima demang-u faqat shu damda, Bir shirin tabassum qiling. maylimi? Sizni o'ylayman-u ko'nglim havotir, Qalbingiz ochmaysiz qilib yuz-xotir. Dilim xotirjammas, shu sabab hozir, Bir shirin tabassum qiling. maylimi? Mayli zamin uzra bo'lmasin bahor, Ko'klamga umrbod bo'lay intizor. Mushtoq yuraklarni aylamay zor-zor, Bir shirin tabassum qiling. maylimi? Umid mash'aliga bag'ishlab uchqun, Ufqdan subhidamda chiqqandayin kun . Shu onda xabarim o'qib men uchun, Bir shirin tabassum qiling. maylimi?!
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 3
Nega ko'nglingizga qo'nibdi g'ubor,
Yoki xomush bo'lish zamon zaylimi?
Sizdan kichikkina iltimosim bor,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?
Faromush o'y surib, o'rtanmay g'amda,
Yashamoq kerakkan yorug' olamda.
Hech nima demang-u faqat shu damda,
Bir shirin tabassum qiling. maylimi?
Sizni o'ylayman-u ko'nglim havotir,
Qalbingiz ochmaysiz qilib yuz-xotir.
Dilim xotirjammas, shu sabab hozir,
Bir shirin tabassum qiling. maylimi?
Mayli zamin uzra bo'lmasin bahor,
Ko'klamga umrbod bo'lay intizor.
Mushtoq yuraklarni aylamay zor-zor,
Bir shirin tabassum qiling. maylimi?
Umid mash'aliga bag'ishlab uchqun,
Ufqdan subhidamda chiqqandayin kun .
Shu onda xabarim o'qib men uchun,
Bir shirin tabassum qiling. maylimi?!
εsα kιmsαη.? Agαr shu turιshdα
kεtsαηg. εrtαgα shu sαvolηι
bεrιshιmgα hαm αrzιmαysαη..