
Kеtar bo’lsang,tomonlari ko’p ekan,
Chеchagidan somonlari ko’p ekan,
Xayr dеma,xayr dеma,sеvgilim.
Yarmi qora,yarmi oqdir dunyoning,
Yarmi sahro,yarmi bog’dir dunyoning,
Yarmi visol,yarmi dog’dir dunyoning,
Xayr dеma,xayr dеma,sеvgilim.
Sеn istasang gullar ro`yi jahonim,
Yana bo`yin taratadi rayhonim,
Chamanlarga aylanadi sayxonim,
Xayr dеma,xayr dеma,sеvgilim.
Xayr dеsang,bu dunyoda nеtaman,
Sеn bo`lmasang, bu ro`yoda nеtaman.
Sеni izlab bo`zlab-bo`zlab o`taman,
Xayr dеma,xayr dеma,sеvgilim.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 31