
:'(
Qalb o‘zgasin ko‘rolmadi bu g‘amlardan.
Boshimiz hech chiqmadi ishq–sitamlardan.
Ishq bunyodmi faqat dard-u alamlardan?.
Dunyo vafo ko‘rsatmadi sanamlardan.
Ko‘zlar fazo, qosh chizilgan qalamqoshmi?.
Yuziga oy, sochlariga tun yo‘ldoshmi?.
Shunday nazokatli xilqat, bag‘ritoshmi?.
Dunyo vafo ko‘rsatmadi sanamlardan.
Qalb yig‘ladi, sevdik dedik, sezdimikan.
Oshiq bisyor, izhorlardan bezdimikan.
G‘arib deya oshiq qalbin ezdimikan.
Dunyo vafo ko‘rsatmadi sanamlardan.
Janonni deb jonni berdik, jon qaytmadi.
Jafolardan yuzimizga qon qaytmadi.
Biz kechirdik, qaytdik ammo yor qaytmadi.
Dunyo vafo ko‘rsatmadi sanamlardan.
Azob ortiq bu dunyoning borligidan.
Aql xayron, ko‘ngil yorga zorligidan.
Jami azob bevafoning yorligidan.
Dunyo vafo ko‘rsatmadi sanamlardan.
Janona deb dilni benaf o‘yibmizda.
Yolg‘on so‘zin muhabbat deb kuyibmizda.
Tanlab–tanlab bevafoni suyibmizda.
Dunyo vafo ko‘rsatmadi sanamlardan.
Oh-ki, desak dildagi dard dilni buzar.
Oh-ki, desak tandagi gard tanni buzar.
Faryod desak dard dunyo-i jamni buzar.
Dunyo vafo ko‘rsatmadi sanamlardan.
Ne qilardik, boshda borin ko‘ramizda.
Xukmi taqdir, undan rizo bo‘lamizda.
Bevafodan bir kun ahvol so‘rarmizda.
Dunyo vafo ko‘rsatmadi sanamlardan.
Qalb o‘zgasin ko‘rolmadi bu g‘amlardan.
Boshimiz hech chiqmadi ishq–sitamlardan.
Ishq bunyodmish faqat dard-u alamlardan.
Dunyo vafo ko‘rsatmadi sanamlardan.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев