
3-sinf
o'quvchilariga dars
bo'lyapti. O'qituvchi bolalarga:
"Xudodan o'zingiz uchun nima
so'ragan bo'lardingiz?"
mavzusida insho yozishlarini
vazifa qilib topshirdi. Hamma
maxsus qog'ozga o'z inshosini
yoza boshladi. Kechqurun yozma
ishlarni tekshirarkan,
o'qituvchining diqqatini bir
insho o'ziga tortdi. Inshoni o'qib
chiqarkan u juda xafa bo'ldi,
ko'zlaridan yosh oqardi. Shu
vaqtda xonaga uning eri kirib
keldi va ayolining ko'zidagi
yoshlarni ko'rib hayron bo'ldi.
“Nima bo'ldi?” – deb so'radi u.
“O'qing”, - deb, unga o'sha
o'quvchining inshosini uzatdi.
Insho quyidagicha yozilgandi:
"""Pаrvardigor, bugun Sendan
alohida bir narsa haqida o'tinib
so'ramoqchiman: meni
televizorga aylantirib qo'y... Ha,
xuddi uyimizdagi televizorning
o'rnini egallashni istayman. Men
ham uyda alohida joyga ega
bo'lib, oilamizni o'z atrofimda
jam bo'lishini xohlayman.
Gapirayotganimda gaplarimni
bo'lishmasin, ahamiyatsiz
narsalarni gapirmasligimga
ishonishsin, diqqat-e'tibor
markazida bo'lishni istayman.
Agar meni televizorga aylantirib
qo'ysang, dadam ishdan
charchab kelsalar ham, "Men
charchaganman", - demasdan
mening yonimda bo'ladi. Agar
meni televizorga aylantirib
qo'ysang, onam xafa bo'lib,
yolg'iz qolganida ham meni
e'tiborsiz qoldirmaydi. Qaniydi,
ota-onam hamma narsani
tashlab har kuni ozgina vaqt
men bilan birga bo'lishsa...
Parvardigorim, balki ko'p narsa
so'rayotgandirman, lekin chin
dildan so'rayapman. Iltimos...
Meni televizorga aylantirib
qo'y..."""
O'qituvchining eri bu yozma
ishni o'qib bo'lgach hayqirib
yubordi: Dahshatning o'ziku bu!
Bechora bola!” Yig'layotgan
ayolidan baland ovozda so'radi:
“O'zi qanday axmoq ota-ona
ekan ular? Odam degan ham
shunchalik bo'ladimi?" O'qituvchi
ayol yosh to'la ko'zlarini eriga
qadab mahzun javob berdi: “Bu
inshoni... bizning o'g'limiz
yozibdi...”


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2