
Ne-ne pari-hurlardan tonib,
Goh özimdan özim qizg'onib,
Men bir qizni shunday sevaman.
Qölim tegmas bilaklariga,
Besh ketaman köylaklariga,
Jon berib soch turmaklariga,
Men bir qizni shunday sevaman.
Chidab firoq,ishva,noziga
Mahliyoman men ovoziga,
Tashna bölib köngil roziga,
Men bir qizni shunday sevaman.
Oy bölsa u-osmoni özim,
Gul bölsa u-bog'boni özim
Bir kulsa u-qurboni özim,
Men bir qizni shunday sevaman.
Taqdir menga tole bermasa,
Qarshimda oy boshin egmasa,
Uylanmayman menga tegmasa,
Men bir qizni shunday sevaman.
Boqmasmikin menga ham biroz,
Har kechada yig'laganim rost,
Izlariga jonim poyandoz,
Men bir qizni shunday sevaman.
Qarshisida lolman,zabonsiz
Dedim zörg'a: Dilda hamon siz,
Dedi:Keting,juda yomonsiz!
Men bir qizni shunday sevaman...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3