Doktor, kechasi bilan nazoratni o'z qo'lingizga olasiz, kechasi hammasi tinch, tabiiyki kech uhlaganingiz uchun ertalab kech uyg'onasiz, va tursangiz... barcha nazorat qo'ldan chiqgan, barchasi rasvo... shunday paytda jahlingiz chiqib barcha bilan urushasizmi yoki shunchaki, indamay qo'ya qolasizmi?...
Doktor, tasavvur qiling, o'layapsiz, telefoningizda bir qo'ng'iroqlik pul bor, bir daqiqa gaplashishga imkoniyat, shunda siz uchun eng kerakli insonga telefon qildingiz, va tezroq gaplashib olishga harakat qilasiz, va telefoningizga qaraysiz, 50 sekund o'tibdi, tezlashasiz va deysiz "mayli, hayr, yana telefon qilarman, hozir zaril ishim chiqib qoldi", shunda u endi gapiraman deganida, 1 daqiqa bo'lib qoladi, va telefoningiz o'chib qoladi, endi esa doktor aytingchi, shunday paytda o'la olasizmi? yurak yanada tez ishlab ketadiku, aksiga olib azroil tepangizda turibdi, shu payt uni qo'ng'irog'ini azroil ham siz bilan birga kutishadimi? doktor, nega jimsiz?...
Doktor, qolganlar jahlingizni chiqarsa, buni ularga bildirmaysiz, sababi ular begona, ularga baqirolmaysiz, yaqinlaringiz jahlingizni chiqarsa, ularga baqirib berasiz, ular sizdan hafa bo'lishi to'g'rimi?...
Doktor, siz buzuqlikka qarshisiz deb tasavvur qilaylik, lekin bir qiz sizga yotishni taklif qildi, imkoniyat bor hullas, bundan foydalanasizmi yoki yo'q?...
Doktor, uni familiyasi falonchiyev deb tasavvur qilaylik, u bilan ajraldingiz, endi siz o'sha familiyali yoki o'sha ismli insonlarni ham yomon ko'rib qolasizmi?...
Doktor, Dilmurodni shunday nazariyasi bor, sovuq havoda o'zingizni balandlikdan tashlab yuborsangiz, yerga tez tushar ekansiz, shu nazariyani sinab ko'rdingizmi?...
Doktor, sukunatdan ortiq aqlli narsa yo'q deyishardi, siz ham shu aforizmni ko'p o'qib yuboribsizda, nega jimsiz, men sizni jinni deb o'ylab qolyapman...
Doktor, hayot qiziq-da, kechqurun ko'chada ketayotganimda bir xotin "qizlar bor, qizlar bor" deb turgan edi, uni yoniga borib "kimni qizi ular?" desam, indamadi, jin urgur...
Doktor, chet davlatlarda nos sotmas ekan, shu rostmi?...
Doktor, nega ahmoqona qo'shiqlar har doim mashxur bo'lib ketadi? va sovrin ham olishadi?...
Doktor, men jinnimanmi? yo'g'a? men jinni emasman-a? shuni qog'ozga yozib bering, menda qog'ozlar ko'p, mana ruchka, behijolat yozavering...
Doktor, nimaga imlayabsiz? haa!! bo'ldi tushundim, mana 100ta ko'kida, endi yozib berasiza...
Doktor, hayvonlar tush ko'radi deyishadi, buni sizda sinab ko'rishdimi? siz ham hay... ha mayli...
Doktor, qabr toshimga yozishga bitta zo'r aforizm topib bering, iloji bo'lsa, Dilmurodni aforizmlaridan, sizga pul berib qo'yaman, o'lsam, bitta chiroyli tosh bilan, chiroyli aforizm, meni ko'rgani qabrimga kelishsa, qabrim chiroyli tursin deymanda, mayli hech kim kelmasa ham, siz kelasizku, to'g'rimi? mana sizga yana 100ta, iloji bo'lsa har oy juma kuni kelib turing, o'zi qaysi kuni kelgan ma'qul?
Doktor, men teskari yozishni bilaman, uni faqat oynaga qo'yib o'qish mumkin, shuni oyimga ko'rsatsam bema'nilik dedilar, sizga ham yozib ko'rsataymi?...
Doktor, nega taqiqlangan narsalar har doim shirin?...
Doktor, men roman yozishni boshlab qo'ygan edim, bilasiz, roman juda uzun bo'ladi, oldin qoraga yoz, keyin oqqa ko'chir, jin ursin, erinaman, Tolstoyni xotini "Urush va tinchlik" romanini 10 martacha qoradan oqqa ko'chirgan ekan, men ham tezroq xotin olishim kerak, to'g'ri, faqat roman uchun emas...
Doktor, siz tushingizda ko'rgan qizni yoqtirib qolganmisiz? men bir tushimda ko'rgan edim, chiroyli qiz, o'sha qizni bir hafta o'ylab yurdim, uni yuzi hotiramdan o'chmadi...
Doktor, uch qoshiq tuz yeb yuborsangiz, nima bo'ladi?...

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев