Yuribman chet elda, bo‘ldimku bezor,
Uyda yaqinlarim yo‘qlab har zamon.
Yildan oshib ketdi qaytishimga zor,
Men-chi musofirda yuribman hamon.
Suyak suyagimga o‘tib ketyapti.
Yillar o‘z domiga yutib ketyapti.
Uyda onam umri kutib o‘tyapti.
Men-chi musofirda yuribman hamon.
Uy-joy qilay dedim pulda hayolim.
Jonga jon bo‘larmi topganim molim.
Qayting deb aytadi har kun ayolim,
Men-chi musofirda yuribman hamon.
Buylari cho‘zilib qolgan qizimning,
Hamda pahlavonim o‘g‘lim o‘zimning.
Ustidan chiqolmay aytgan so‘zimning,
Men-chi musofirda yuribman hamon.
O‘tgan bu yillardan alamlarim bor.
Goho bo‘lib ketar dunyolarim tor.
Do‘st-u jigarlarim diydorimga zor.
Men-chi musofirda yuribman hamon.
Qaytaman deymanu qaytolmay yana.
Qachon qaytishimni aytolmay yana.
Yillar o‘tib ketdi ana deb mana,
Men-chi musofirda yuribman hamon.
✍ S


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев