
Olis-olislarga tortqilab yöllar.
Topib goh yöqotar ekan köngilar,
MANGU ARMON BÖLIB KETDI BOLALIK.
Ösha keng hovli-yu arg'imchoqlar yöq,
Sochlarin silarga qörg'ichoqlar yöq.
Yuragimga solib olov bilan chöq,
MANGU ARMON BÖLIB KETDI BOLALIK.
Sog'indim tashvishsiz yurgan chog'imni,
Tunlar menga sirdosh qög'irchog'imni.
Qömsadim bog'dagi arg'imchog'imni,
MANGU ARMON BÖLIB KETDI BOLALIK.
Onamning allasi hamon esimda,
Asli sir-sinoat tol beshigimda.
Aytgin yoshlik doim hukmron kimda?
MANGU ARMON BÖLIB KETDI BOLALIK.
Yodimga tushganda yurakni ezib,
Qayga boray endi taqdirdan bezib?
Yuzimga shashqator yoshlarni tizib,
MANGU ARMON BÖLIB KETDI BOLALIK.
Baxtiyor chog'larda köngilni g'ashlab,
Ketding xech tugamas ertakni boshlab.
Yarim yölda meni kimlarga tashlab,
MANGU ARMON BÖLIB KETDI BOLALIK.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 74