— Ayting-chi, voqea qanday sodir
bo'ldi?
— Xizmat safaridan belgilangan
vaqtdan bir kun ilgari keldim, ertalab
uyga kirishim bilan ayolimning rangi
g'alatiroq ko'rindi. Kutilmaganda
oshxona eshigi ochilib yopilganday
bo'ldi. Shoshib oshxonaga o'tdim,
deraza pardasi shamolda xilpirab
turardi, pastga qarasam, mana bu
odam bitta ichki ko'ylakda turibdi.
Alam ustida unga muzlatgichni olib
otdim, ammo mo'ljalni yaxshi
ololmabman. Aslida uni o'ldirmoqchi
edim. Sud raisi qo'ltiqtayoqdagi
jabrlanuvchiga o'girildi:
— Ho'sh, siz bu masalada nima deya
olasiz?
— Har kuni tongda turib, mashq
qilaman, ko'p qavatli uyimiz atrofida
ikki marta yugurib aylanaman. Bir
payt qarasam, uchinchi qavatdan
muzlatgich uchib tushyapti, zo'rg'a
qochib ulgurdim, oyog'imga tushdi.
Sal bo'lmasa boshimga tushib
o'lardim. Sud raisi butun tanasi
shikastlangan guvohga yuzlandi:
— Guvoh, siz nima deya olasiz?
— Nima ham derdim, o'sha yerda
bo'lsam-da, aslida men bu voqeani
ko'rganim yo'q. Chunki men
muzlatgich ichida edim.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев