Rassiya xam buyog'iga xasharmikan
Oshib ketgan patent narxi tusharmikan
Qolishni xam ketishni xam bilmay qoldik
Maoshim ham 200 do'llr bo'lib qoldi
Qancha uzbek ishidan xam ko'ngli qoldi
Bizni sizlab xurmat bilan quvib soldi
Qolishni xam ketishni xam bilmay qoldik
Nima qildik dollar endi tushmasmikan
Xatto putin gaplarixam rostmasmikan
Musulmonga bu kofrlar do'smasmikan
Qolishni xam ketishni xam bilmay qoldik
Biz ketamiz uzlari xam ishlab ko'rsin
Loy ko'tarib terlab pishib do'mlar qursin
Biz rozimiz endi mana deport ursin
Qolishnixam ketishnixam bilmay qoldik
Kursni ko'rib bank yoniga borib bo'lmas
Bergan oylik 30minga karman to'lmas
Kettik deymiz xudo degan ochdan o'lmas
Qolishni xam ketishni xam bilmay qoldik
Bularning xam bola chaqa o'g'li bor
Uzbek bilar ishning ko'zi yo'li bor
Narx navoda amerikani qo'li bor
Qolishni xam ketishni xam bilmay qoldik
Endi bizga chegaralar yopilsa xam
Bir kun do'llr arzon narxda sotilsa xam
Aynan bizga yengil ishlar topilsa xam
Qolishni xam ketishni xa bilmay qoldik
Qiyin boldi gastrabaytga qiyin bo'ldi
Bu rubllar uzbek yurtda tiyin bo'ldi
Kim biladi bu qandayin o'yin bo'ldi
Qolishni xam ketishni xam bilmay qoldik
Xar oy kelgan do'llar kutib ko'zlar toldi
Oylik oldim jonatmadim uch oy bo'ldi
Onam o'ylar malla sochga uylanvoldi
Qolishni xam ketishni xam bilmay qoldik
Necha uzbek uz ishini tashlab ketti
Goh so'kinib qo'llarini mushtlab ketti
E hayot ham enasini rosa ko'rib ketti
Qolishni xam kettishni xam bilmay qoldik

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10